Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Hindular madaniyati namoyondalari bilan uchrashuv - Bo`limga qaytish


29.08.2013
O‘zbekiston mustaqilligining 22 yilligini keng miqyosda, ko‘tarinki ruhda nisholash, barkamol avlod qalbida vatanga muxabbat va yuksalib kelayotgan davlatimizni yorug‘ kelajagiga ishonch ruhida tarbiyalash, davlatlararo hamdo‘stlik munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Jahon” o‘quv zalida joriy yilning 29 avgust kuni AQSHning Arizona shtatidan tashrif buyurgan “Apachi” qabilasining musiqiy ijrochisi K. Dankan va xindularning “Navaxo” qabilasi a'zosi B. Ornelas bilan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kecha shunchaki davra suhbati emas, balki ijodiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasiga ko‘tarildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbirda O‘zbekistonning turli Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, maktab o‘quvchilari hamda turli kasb egalari bo‘lgan kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar va turli savollar bilan o‘zaro fikr almashildi.
Apachi qabilasi a'zosi K. Dankan hamda Navaxo qabilasi a'zosi B. Ornelasning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi, davlatimizning turli diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy maskanlari haqidagi ijobiy fikrlari bilan bir qatorda, o‘z madaniyatlari, urf-odatlari va qadriyatlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdilar. 
Shuni alohida aytish lozimki, O‘zbekiston yoshlarining boshqa chet el madaniyati va hayot tarziga bo‘lgan qiziqishi, bor bilimlarini yanada boyitishga bo‘lgan ishtiyoqlari ushbu davra suhbatida ham o‘z aksini topdi.
Tadbir davomida mehmonlar tomonidan o‘z milliy kuy va qo‘shiqlari, an'anaviy urf-odatlaridan parchalar ijro etilishi bilan birga, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari, jumladan, doira va tor kabi musiqa asboblari haqida ma'lumot berildi va ushbu asboblarning foydalanish qoidalari namoyish qilindi. 
Bo‘lib o‘tgan tadbir kechasi aynan halqlararo madaniyat va san'atning bir-biriga chambarchas bog‘liqligi va san'at, u qanday millat va elat bo‘lmasin, davlatlar qanchalik bir-biridan uzoq masofada joylashmasin ko‘ngillarni birlashtirib turishi bilan, dillar yaqinligi bilan boshqa tadbirlardan ajralib turdi, deyish mumkin.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar