Foydali resurslar
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mushoira etadi davom...” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada havola etilgan kitoblar soni ham mushoira mavzusini davom ettirgandek, go‘yo. Chunki bu yerda Zulfiyaning ilk nashrlari bilan bir qatorda yangi, uning barcha asarlari jamlanmasini tashkil etuvchi shu kunlarda chop etilgan saylanmalari ham o‘rin olgan.
2015 yil 27 fevral “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi. Ushbu kunda Milliy kutubxona profilaktika va sanitariya ishlari sababli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
Ma’muriyat
2015 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bahor keldi seni so‘roqlab” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda shoiralar Muhtarama Ulug‘ova, Kumush Abdusalomova, shoir Xushnud Darvesh, adabiyotshunos Yo‘ldosh Solijonov, Zulfiya mukofoti laureati, kompozitor Oydin Abdullaeva, Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti professor-o‘qituvchilari va kursantlari, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchilari va Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbati oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari talaba-o‘quvchilari orasida “O‘rgimchak to‘ri” rukni ostida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar dunyoqarashining shakllanishida ijobiy va salbiy ta’siri mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbir ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari o‘quvchilari va OO‘Yu talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan davra suhbatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Komilov va mazkur universitet “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori t.f.n. Dilorom Bobojanovalar olib bordilar.
2015 yil 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassomlar Aleksey Gvardin, Radik Azizov, Gennadiy Golishenko va Nikolay Sviridenkolarning rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma bahor bayramlari Xalqaro xotin-qizlar kuni - 8 Mart va Navro‘z ayyomlariga bag‘ishlangan.
Qo‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi 24 fevral soat 14:30da kutubxona foyesida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni taklif etamiz!
16–20 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 166 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 16 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 6 ta, san’at – 5 ta, maorif va madaniyat – 1 ta, adabiyotshunoslik – 3 ta, tabiiy fanlar – 1 ta), 150 ta avtoreferatlar ( siyosat -79 ta, tibbiyot – 20 ta, texnika – 15 ta, qishloq xo‘jaligi – 17 ta, tabiiy fanlar – 19 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
84 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 539100 taga yetdi.