Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
YUNESKO bosh direktorining O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi - Bo`limga qaytish


26.08.2013
2013 yilning 25 avgust kunida YUNESKO bosh direktori Irina Bokova Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delagatsiya a'zolariga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi va kutubxonaning kundalik hayotiga tatbiq etilgan zamonaviy axborot- kutubxona texnologiyalari bilan tanishtirildi. 
Kutubxonaning birinchi qavatida Irina Bokova kitob muzeyi va undagi ko'plab eksponatlar qatorida 1058 yilda Bog'dodda yozilgan Abu Xasan al-Movardiyning «Al-Ahkom as-sultoniya va-l-valoyot ad-diniya» qo'lyozma asari bilan tanishdi.
Shu bilan bir qatorda Bokova xonim foydalanuvchilar kutubxonada bo'lgan paytlarida farzandlarini qoldirib turishlari uchun mo'ljallangan Bolalar xonasi, kitob do'koni, Book Cafe filiali, Wi-Fi tarmog'idan foydalanish imkoniyati mavjudligi, to'liq matnli nashrlar netbuk va planshetlarning ijaraga berilishi bilan tanishib chiqdi. Shundan so`ng Bokova honim Milliy kutubxonaga a`z o bo`lib uning tezligi va sifatliligini ta`kidlab o`tdi. 
Mehmonlarga kutubxonaning uchinchi qavatidagi zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta`minlangan shinam o`quv zallari, kutubxonaning so`ngi yangiliklari, uning faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlar to`ldirilgan axborot kiosklari, online-resurslar, audio-resurslar kiosklari  ko`rsatildi. Bokova xonim kutubxonaga tashrif buyuruvchilar ayniqsa yoshlar soni juda ham ko`pligini ta`kidlab o`tdi.
Mehmonlarni joriy yilning 12 avgust kuni ochilgan BMTning resurs xonasi goyat hayratlantirdi. Ushbu xonada tashrif buyuruvchilar dunyodagi hamda O`zbekistondagi BMTning axborot ma`lumotlari, faoliyati bilan tanishishlari va BMT agentligining barcha so`ngi tadqiqot ma`lumotlarini olish imkoniyatiga ega bo`lishlari mumkin. BMTning resurs xonasi Milliy kutubxona bilan hamkorlik doirasida tuzilagan O`zbekitonda BMTning rivojlanishi loyihasi Memorandumi, “Ijtimoiy innovatsiyalar va O`zbekistondagi ko`ngillilkar” loyihasi tashabussi bilan ochilgan.
Shuningdek mehmonlar  75 ta tildagi adabiyotlardan tashkil topgan “Jahon” o`quv zaliga tashrif buyurishdi. Ushbu o`quv zali chet tillarini o`rganayotgan foydalanuvchilar orasi eng mashhuridir.
YUNESKOning bosh direktori ta`kidlashicha Milliy kutubxona barcha zamonaviy qulayliklarga ega XXI asrning  na`munalaridandir.  Irina Bokova Milliy kutubxonani tark etar ekan u tashrif buyuruvchi mehmonlar kitobiga  o`z ta`surotlarini yozib qoldirdi.


 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar