Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxona vakillari IFLA konferensiyasida - Bo`limga qaytish


23.08.2013
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor  o‘rinbosari  Alisher Ishmatov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Aliya Japarovalar IFLA (International Federation of Library Associations and Institutions)ning 79- kongressida qatnashdilar. Ushbu kongress 2013 yil 17-23 avgust kunlari Singapur shahrida bo‘lib o‘tdi.
IFLAning “Kelajak kutubxonalari: cheksiz imkoniyatlar” degan shior ostida ish yuritgan 79- kongressi  doirasida doimiy kengash yig‘ilishi, seksiyalar, kutubxona jihozlari ko‘rgazmasi hamda turli nashrlar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Milliy kutubxonamiz vakillari yalpi majlisda, kutubxonalararo aboniment va resurslar almashinuvining doimiy kengash yig‘ilishida, MDH mamlakatlari kutubxonalari majlisida, Milliy kutubxona direktorlari konferensiyasida, ExLibris kompaniyasining seminarida  ishtirok etdilar.


Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar