Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


19.08.2013
12 - 16 avgustgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 608 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 506 ta kitobga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 118 ta, tibbiyot - 4 ta, badiiy adabiyot - 236 ta, texnika - 3 ta, san'at - 11 ta, ta'lim va madaniyat - 20 ta, tabiiy fanlar - 21 ta, sport - 3 ta, ma'lumot axborot adabiyotlar - 53 ta, adabiyotshunoslik - 37 ta) va 102 ta avtoreferatlar ( siyosat - 28 ta, tibbiyot - 20 ta, texnika - 25 ta, tabiiy fanlar - 18 ta, adabiyotshunoslik - 11 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
4048 nomdagi  bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1804 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  415050 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 12 - 16 avgust holatiga ko‘ra 84 nusxa gazeta; 2 nusxa jurnal; jami 387 bibliografik yozuv kiritildi; 178 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 87 ta ISBN raqami (76 kattalar adabiyoti va 11 bolalar adabiyoti uchun)  berildi. 42 ta kattalar adabiyoti  va 10 bolalar adabiyoti uchun 12 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta davriy nashrga raqam berildi, 4 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar