Foydali resurslar
Mustaqilligimizning 22 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Shu aziz Vatan barchamizniki» nomlifoto tanlov o‘tkazilishini ma'lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 25 avgustga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurib foto suratlar ro‘yxati, ishtirokchilar o‘zlari haqidagi ma'lumotnoma taqdim etishlari so‘raladi.
Fotosuratlarga qo`yilgan talablar quyidagilardan iborat:
- tanlovga qo`yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o`ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo`lishi kerak;
- tanlovga fotoplyonkalar, fotobanklardan olingan yoki pornografik elementlarga ega bo`lgan fotosuratlar qabul qilinmaydi;
- fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo`lishi kerak;
- tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi.
Fotosutratlarning hajmiga qo`yilgan talablar:
- suratlar jpg formatida uzunasiga 800 px dan kam bo`lmasligi kerak;
Fotosuratlarni grafik taxrirlash mumkin.
Tanlovda ishtirokchining 6 dan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi.
Suratlarga imzo qo`yish talabga muvofiq hisoblanadi.
Fotosuratlar O`zbekiston manzaralari, tabiati, urf-odatlari, shaharlari kabi mavzularda bo`lishi kerak.