Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
09.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligi” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi


“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 64 bet hajmda chop etilgan risola M.E.Abdusalomov rahbarligi ostidagi tahrir hayyati tomonidan tuzilgan bo‘lib O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy hujjatlari bilan tanishtiradi.
Mazkur risolada “xalqaro saylov standartlari” tushunchasi, mohiyati, turlari va manbalari, ularning milliy saylov qonunchiligiga implementatsiya qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Saylov standartlari to‘g‘risidagi bo‘limda universal va mintaqaviy saylovlar to‘g‘risida, O‘zbekistonda xalqaro saylov standartlariga mos saylov tizimining rivojlanishi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida so‘z boradi.
Risolada O‘zbekistonda xalqaro-huquq me’yorlarining amalda bajarilishi va O‘zR Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy tamoillarini xarakterlovchi dolzarb huquqiy materiallar alohida o‘rin egallaydi.

09.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Prezidenti saylovi: milliy va xorijiy tajriba” risolasi bilan to‘ldirildi


“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 40 bet hajmda chop etilgan risola M.A.Rahimova tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda prezident saylovlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularning huquqiy ta’minoti to‘g‘risida milliy va xorijiy tajribasi tayangan holda ma’lumot beriladi.
Risolada prezident instituti, prezidentlik boshqaruv tizimlari, turli mamlakatlar prezidentlarining fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Risolaning prezidentlar konstitutsiyaviy maqomi va siyosiy tizimdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘limida o‘z vakolati muddati mobaynida prezidentlar bajarishi mumkin bo‘lgan bir qator ijtimoiy-muhim, ma’naviy-siyosiy va fuqarolik majburiyatlari belgilangan. Bu bo‘limning qiziqarli jihati shundaki, unda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, AQSh va Germaniya prezidentlarining qasamyodlari matni tahlil etilgan.

05.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ona aziz, ayol mo‘’tabar” nomli ko‘rgazma ochildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida “Ona aziz, ayol mo‘’tabar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada ona mehrini, ayol latofati va sadoqatini tarannum etuvchi fotosuratlar va kitoblar havola etilgan. Ko‘rgazmada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Ayollar yili deb e’lon qilingan 1999 yilda chop etilgan “Ayolga ehtirom” deb nomlangan kitob alohida o‘rin egallagan. Mazkur kitobga jasoratli onalar, mehnatkash ayollar, fan, madaniyat va sport fidoiylarining oilaviy, ijtimoiy va jamoatchilik faoliyatlari haqida maqolalar, ocherklar, hikoyalar, she’rlar va rasmlar kiritilgan.
Shuningdek, bu yerda Zulfiya, Gulchehra Jo‘rayeva, Tursunoy Sodiqova, Zulfiya Mo‘minova, Marhabo Karimova, Xurshida kabi o‘zbek shoiralari va o‘zining betakror va go‘zal satrlarini nozik hilqat vakillariga bag‘ishlagan shoirlar she’riy to‘plamlari mujassam.

04.03.2015 E'lon


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyning navbatdagi ko‘rgazmasiga Sharq san'atining turli sohalariga bag‘ishlangan tarixiy kitoblar qo‘yildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan manbalar XIX asr boshi va XX asr o‘rtasi nashr sanasi  bilan qayd etilgan. Ko‘rgazma asosan kitob va albomlardan tashkil topgan. Ekspozitsiya Sharq amaliy san'ati, badiiy hunarmandchilik, tasviriy san'at va san'atning boshqa turlariga bag‘ishlangan.
Muzeyda qiziqarli kitob va albomlar bilan birga mashhur fransuz olimlari: Emil Priss d'Avenn, Alber Gaye, Zigfrid Bing, Lui-Matyo Langle, Genri-Rene de-Alleman va bshq.; nemis olimlari: Fridrix Sarre, Geynrix Dolmech, Ernst Kon-Viner, Yakob Taube, Karl Vyorman, Ernst Kyunel va bshq.; rus olimlari: Tyulyayev Semen Ivanovich, Gogel Fedor Vladimirovich, Bobrinskiy Aleksey Alekseyevich, Denike Boris Petrovich va boshqalarning asarlari alohida o‘rin olgan.

03.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbek Davlat konservatoriyasi professori Muyassar Razzoqova bilan ijodiy uchrashuv va «Vvedeniye v osnovы akademicheskogo peniya» (“Akademik xonandalik asoslariga kirish”) deb nomlangan darslik-kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kompozitorlar uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullayev, A.Navoiy nomidagi DAKT saxnalashtiruvchi-rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Andrey Slonim, Muyassar Razzoqovaning hamkasblari va talabalari, shuningdek kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

02.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Lola va DJ Pilligrim ijrosida IMAGINE qo‘shig‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YUNISEF vakolatxonasi tomonidan xonanda Lola va DJ Pilligrim ijrosida Jon Lennonning afsonaviy IMAGINE qo‘shig‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Mazkur aksiya 2014 yilda dunyoda keng nishonlangan bola huquqlari Konvensiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlandi. IMAGINE qo‘shig‘i dunyo bolalari huquqlarini qo‘llab-quvvatlash madhiyasiga aylandi. 

Tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich, BMTning milliy va xalqaro sheriklari, BMT ko‘ngillilari, OAV xodimlari va Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Robert Fuderich tadbir ishtirokchilarini qutladi, mazkur qo‘shiqning mohiyati, dunyoda tinchlikni ta'minlashda uning ahamiyati to‘g‘risida gapirdi. “IMAGINE kampaniyasi hech bir bola e'tibordan chetda qolmasligiga qaratilgan, -dedi Robert Fuderich, Mazkur aksiya orqali YUNISEF millionlab insonlarga murojaat qilib bolalar, xususan muammoli xududlarda yashayotgan bolalarga qaratishga harakat qilmoqda”.


Oldin   46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar