Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada BMTning axborot-resurs xonasi ochilishi marosimi - Bo`limga qaytish


12.08.2013
12 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner bilan «BMT va yoshlar» mavzusida matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. 2012 yilda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun yoshlar bilan ishlash va ularni BMT faoliyatiga yanada kengroq jalb etishni yangi 5 yillik faoliyat dasturining ustuvor vazifalaridan biri deb e'lon qilgan. Shuningdek, ilk bor Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi ta'sis etildi, hamda BMT qoshidagi yoshlar tashkiloti uchun ta'lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, atrof-muhit muhofazasi, giyohvandlikka qarshi kurashish, gender tengligi, jamiyat qurilishi va taraqqiyoti jarayonida faol ishtirok etish, globallashish, axborot-kommunkatsiya texnologiyalari, OIV va OITS sohalarida faol ish olib bormoqda. 
Janob Prisner BMTning O‘zbekistonda va dunyo bo‘ylab yoshlar bilan olib borayotgan ishlaridagi eng muhim masalalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. OAV vakillari ushbu mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Matbuot brifingi yakunlangach, Milliy kutubxonada BMT axborot resurs xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yerda taqdim etilgan manbaalar Tashklotning O‘zbekistondagi faoliyati va agentliklarning so‘ngi yangiliklari bilan yaqindan tanishish imkonyatini beradi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar