Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
11.08.2013
5 - 8 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 159 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 149 ta kitobga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 29 ta, badiiy adabiyot – 25 ta, qishloq xo‘jaligi – 3 ta, san'at – 8 ta, ta'lim va madaniyat – 51 ta, tabiiy fanlar – 21 ta, adabiyotshunoslik – 13 ta) va 10 ta SD-ROMga ( siyosat – 8 ta, qishloq xo‘jaligi – 1ta, texnika – 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
3898 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1744 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 5 – 8 avgust holatiga ko‘ra 81 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 536 bibliografik yozuv kiritildi; 120 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 50 ta ISBN raqami (50 kattalar adabiyoti uchun) berildi. 34 ta kattalar adabiyoti uchun 13 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 ta davriy nashrga raqam berildi.