Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Muhammadjon Mirzayev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi - Bo`limga qaytish


07.08.2013

Oʻzbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayev tavalludiga 100 yilligi munosabati bilan 7 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzayevning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirni shoir Shukur Qurbon ochib berdi. Unda elimizga taniqli shoir, yozuvchilar, olimlar, xalq hofizlari, kitobxonlar, Milliy kutubxona xodimlari ishtirok etdilar. O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan xalq hofizi Hasan Rajabiy Muhammadjon Mirzayevning hayoti va ijodi, uning  bastakorlik faoliyatida yangicha talqin yo’llarini kashf etganligi, o’z maktabini yaratgan sanʼatkorlardan ekanligini ta`kidlab o’tdi. O`zbekiston davlat konservatoriyasi katta o`qituvchisi Mahmudjon Tojiboyev hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari va xodimlari tadbirda so‘zga chiqib, bu ulug‘ jamoat arbobinig ilmiy-ma'rifiy merosidan bugungi kunda istifoda etish borasida fikr yuritdilar. Tadbirda hofizlar Mahmudjon Tojiboyev bastalagan kuylaridan hirgoya qildilar. Muhammadjon Mirzayev tavalludining 100 yilligi keng nishonlanayotgan bir paytda mazkur tadbir kutubxona hayotida ham o‘ziga xos voqea bo‘ldi. 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar