Foydali resurslar
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘qish zallari” xizmati, elimizning sevimli adiblari tomonidan yaratilgan, milliy va jahon mumtoz adabiyotining eng sara asarlariga aylangan va 2015 yilda o‘z yubileylarini nishonlayotgan nashrlarni, Siz azizlarga, yana bir bor eslatishni hamda ushbu ijod mahsulidan kutubxonaning “O‘zbekiston” va “Tafakkur” o‘quv zallarida bosma nusxasini, www.natlib.uz veb-sahifasi orqali esa elektron nusxasini mutolaa qilishni tavsiya etadi!
2015 yil 13 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida fuqarolar va tadbirkorlar uchun taklif etilayotgan xizmatlar, ulardan oqilona va samarali foydalanish” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini oshirish va zamonaviy elektron xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, YaIDHP rivojlantirish bo‘limining bosh mutaxassisi Qobiljon Gaipov olib bordi. Bilamizki, O‘zbekistonda AKTni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, tashkiliy sharoitlar mustahkamlandi. Pirovardida sohada izchil o‘zgarishlar kuzatildi, interaktivlik kuchaytirildi, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi bir qancha yangi xizmat turlari yuzaga keldi.
2015 yil 10 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Dunyoda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilish, siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, og‘ufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlarning avj olishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni mazkur universitet “YuNESKO” kafedrasi o‘qituvchisi Ernazarov Odiljon va VM xuzuridagi Din ishlari buyicha ko‘mita xodimi Aliyev Jamshidlar olib bordilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” IX Xalqaro anjumani tashkiliy ko‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda konferensiya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar muhokama qilindi, dastlabki madaniy tadbirlar dasturi tasdiqlandi va xalqaro tashkilotlar, jahon va MDH davlatlari Milliy kutubxonalari, Vazirlik va idoralar vakillari ishtiroki masalalari ko‘rib chiqildi. Tashkiliy ko‘mitaning majlisiga elektron OAV vakillari taklif etildi.
“Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumani maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
“Saylovchi kutubxonasi” turkumidan G.R.Malikova tomonidan tuzilgan mazkur risola “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyida 2015 yilda 32 bet hajmda chop etilgan. Risolada Prezident saylovlari, passiv saylov huquqi, saylov senzlari, saylov huquqi tamoyillari, ovoz berish tamoyillari, saylov uchastkalari, saylov komissiyalari faoliyati, saylovoldi tashviqotini o‘tkazish kabi bir qancha tushunchalarga izohlar berib o‘tilgan.
Saylovchilar bu risolada: Saylov senzlari deganda nima tushuniladi? Saylovchilar ro‘yxati qanday tuziladi? Prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish qanday amalga oshiriladi? Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum qilish mumkinmi? Saylovoldi tashviqoti deganda nima tushuniladi? Takroriy ovoz berish deganda nima tushuniladi? Kuzatuvchilar kimlar? kabi o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob topishadi. Risola o‘zbek va rus tillarida tuzilgan.
2015 yil 10 mart kunidan boshlab O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kashfiyot» o‘qish zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, turkiyshunos-tilshunos, turkumshunos olim, ko‘plab rus-o‘zbek va o‘zbek-rus lug‘atlari muallifi, f.f.d. akademik Viktor Vasilevich Reshetov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan V.V.Reshetov tomonidan yozilgan kitoblar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘zbek tili dialektologiyasi va rus tili grammatikasiga doir darsliklar va bshq. o‘rin olgan.
F.f.n. akademik V.V.Reshetov O‘ODU sharq fakultetining turkiy adabiy-lingvistika bo‘limini tamomlagach bir xil lingvistik ko‘rsatkichli o‘zbek shevalari va dialektlarining fonetik va leksik-grammatik xususiyatlari bilan shug‘ullandi.