Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


26.07.2013
22 - 26 iyulgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 375 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan  225 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 61 ta, tibbiyot - 7 ta, badiiy adabiyot - 75 ta, qishloq xo‘jaligi -3 ta,  san'at - 6 ta, ta'lim va madaniyat - 37 ta, tabiiy fanlar - 10 ta, ma'lumot adabiyoti - 2 ta, adabiyotshunoslik - 18 ta, tilshunoslik - 6 ta) va 150 ta avtoreferatga (siyosat - 43 ta, tibbiyot - 21 ta, qishloq xo‘jaligi - 5 ta,  texnika - 45 ta, san'at - 2 ta, ta'lim va madaniyat - 12 ta, tabiiy fanlar - 15 ta, tilshunoslik - 7 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
3430 nomdagi  bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1663 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.     
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  412 900 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 22 - 26  iyul holatiga ko‘ra 44 nusxa gazeta; 27 nusxa jurnal; jami 570 bibliografik yozuv kiritildi; 221 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 69 ta ISBN raqami (66 kattalar adabiyoti va 3 bolalar adabiyoti uchun)  berildi. 70 ta kattalar adabiyoti va 13 bolalar adabiyoti uchun 15 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 3 ta ISSN raqam berildi, 10 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar