Foydali resurslar
Ekspozitsiyadan o‘zbek, rus, nemis, ingliz, fransuz sharqshunos tarixchi san’anshunos etnograf va sayoxatchi olimlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlariga doir kitoblar o‘rin olgan. U Shark rassomchilik, arxitektura haykaltaroshlik, amaliy va boshka sanat turlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosan kitoblar va albomlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Muzeyga tashrif buyurganlar miniatyurachi-rassomlar asarlari va ularga berilgan sharxlar bilan ham tanishadilar.
Qiziqarli kitoblar va rang-barang rasmlar foydalanuvchilarga xalq hunarmandchilik an’analari tarixi, sharq naqshlari usullarining badiiy o‘ziga xosligi, qo‘shni mintaqalarning rassomlik san’atiga o‘zaro ta’siri haqida hikoya qiladilar. Shuningdek, muzeyda Sharq gilamdo‘zlik maktabi va turli mamlakatlar milliy koloriti, namunalari va motivlarini qiyosiy tadqiq etilgan izlanishlar joy olgan.
2015 yil 19 mart kuni “Kiber jinoyatchilik va uning tahdididan shaxsni himoya qilish” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan mazkur davra suhbatini Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Internet-madaniyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Laziz Bo‘ronov olib bordi.
L.Bo‘ronov “kiberjinoyatchilik”, “spam”, “fishing”, “farming”, “internetfiribgarlik" kabi tushunchalarga tarif berdi va xaker hujumlari turlari, aksari Internet foydalanuvchilari ular qurboniga aylanib qolishi holatlari va ular keltirgan talofotlar hakida gapirib berdi. Shuningdek, u talabalarni xakerlik hujumi va kiberjinoyatchilik vositasida amalga oshirilgan jinoyatlarga nisbatan O‘R Jinoyat Kodeksining Internet foydalanuvchilarini havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan moddalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2015 yil 18 mart kuni O‘zbekston Milliy kutubxonasida tilshunos, qomusiy olim, mutafakkir Mahmud Zamaxshariy tavalludining 940 yilligiga “Mahmud Zamaxshariy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-nazariy seminar Imom Buxoriy Xalqaro markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Xorazm Ma’mun Akademiyasi, Urganch Davlat universiteti, O‘zbekiston “Ma’rifatparvar” jamiyati va “Abu Rayhon Beruniy avlodlari” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Seminar Mahmud Zamaxshariy hayoti va ijodini hamda merosining filologiya, ma’naviyat, dinshunoslik, ijtimoiy-gumanitar va falsafiy fanlar rivojidagi o‘rnini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Tadbir avvalida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olingan buyuk mutaffakir Mahmud Zamaxshariy hayoti, ijodi va ma’naviy merosi haqidagi «Fasohat ilmining sultoni» nomli video lavhaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Prezidentimiz Islom Karimovning 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘ining bugungi kundagi faoliyati” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan galdagi davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi rahbari Gulchehra Ibragimova va Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxissisi Oybek Musurmonqulovlar olib bordilar.
9–13 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 423 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 157 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 92 ta, tibbiyot – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 17 ta, badiiy adabiyotlar – 1 ta, texnika – 4 ta, san’at – 9 ta, adabiyotshunoslik – 12 ta, tabiiy fanlar – 9 ta, q.x. - 6 ta), 266 ta avtoreferatlar (siyosat - 105 ta, tibbiyot - 40 ta, texnika - 40 ta, tabiiy fanlar – 29 ta, ta’lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 23 ta, sport – 4 ta, psixologiya – 3 ta, tilshunoslik - 9 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.