Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Oila-mening qutlug` bog`im” mavzuida uchrashuv kechasi bo`lib o`tdi - Bo`limga qaytish


17.07.2013
Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila haqida” bo’lib, unda oila va jamiyat tushunchalari hamda davlatning ularga bo’lgan munosabati yoritiladi. Ushbu bobning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va tеng huquqliligiga asoslanadi”, dеya izohlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatni oila tashkil qiladi. Oila va jamiyat birdamlikda bir-birini to’ldiradi.

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 17 iyul kuni ijodkorlar klubi hamkorligida ko`rgazmalar zalida “Oila-mening qutlug` bog`im” mavzuida ijodkor oilalar bilan uchrashuv kechasi tashkil qilindi . 

Uchrashuv kechasini shoir Shukur Qurbon ochib berdi. Tadbirda Miraziz A`zam, Qutlibeka Rahimboyeva, jurnalist Zebo Omonova, Muhammad G`appor, Mahmud Yo`ldosh kabi  elimizga taniqli shoir, yozuvchilar , olimlar, munaqqid va tarjimonlar, hamda O`zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari va xodimlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda qatnashganlar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, oila, onalik va bolalikni himoyalash, mustaqil hayot ostonasiga ilk qadam qo‘ygan yigit-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar.

Tadbir doirasida “Oila-mening qutlug` bog`im” mavzuida yozuvchilar, ijodkorlar ishtirokida davra suhbatlari, ularning oilaviy turmushlari haqida, o`z qalamiga mansub she`rlari bilan interfaol uslubdagi muloqotlar o‘tkazildi.  

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar