Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
26.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” mavzusida kompter texnologiyalarining faol foydalanuvchilari – yoshlar uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Nosirov Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan bo‘lgan suhbatni “ZiyoNET ta’lim tarmog‘i imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishladi. Notiq global ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni suiiste’mol qilishning jamiyatda inson shaxsiyati shakllanishida salbiy ta’siri va Internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlari xaqida gapirib berdi.

25.03.2015 Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga ajratilgan multimedia vositalari, adabiyotlar va davriy nashrlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 24 mart kuni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurtida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshidagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ga xarid etilgan kompyuter vositalari, bosma va elektoron adabiyotlarni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son qarori amalga oshirilishini hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

23.03.2015 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 16 – 20 mart holatiga ko‘ra 52 nusxa gazeta, 12 jurnallardan, jami 557 bibliografik yozuv kiritildi. 150 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 57 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 56 ta va bolalar adabiyoti uchun 1 ta) berildi. 17 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta ISSN raqam berildi. 1 ta shartnoma tuzildi.

22.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nikolay Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda


2015 yil 22 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqlol” uquv zalida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, rus turkshunos olimi, folklorshunos, etnograf, filologiya fanlari doktori, professor, O‘rol-oltoy tilshunosligi sohasi mutaxassisi, mashhur turkiy tillar klassifikatsiyasi muallifi Nikolay Aleksandrovich Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nikolay Baskakov adabiyotlarining ochiq ko‘rgazmasida turkiy: qoraqalpoq, no‘g‘oy, oltoy va bshq. tillar tarixi, o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan turkiy tillarning leksik, grammatik, morfologik jihatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlari o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uyg‘ur, oltoy, chuvash, tatar, turk va bshq. tillarning rus-milliy va milliy-rus leksik, etimologik lug‘atlari joy olgan.

20.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCO loyihasi bo‘yicha seminar o‘z ishini yakunladi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCOning “Ochiq ta'lim manbalarini rivojlantirish va kutubxonalarda hujjatli merosni saqlash” nomli grant loyihasi doirasida “O‘zbekistonda hujjatli merosni saqlanishi va ochiqligi” mavzusida 16-20 mart kunlari axborot-kutubxona muassasalari, axborot-resurs markazlari, tegishli muzey va arxiv nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassis va xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 
Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari N.Zoitova seminar qatnashchilarini yangi me'yoriy hujjatlar, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish, nodir va alohida qimmatga ega nashrlardan foydalanish qoidalari bilan bilan tanishtirdi. Restavratsiya sohasi yetakchi mutaxassisi M.Salimov esa nodir nashrlar restavratsiyasida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarning restavratsiya jarayoni, nodir kitoblarga yetkazilgan shikastlarni ainqlab, bartaraf etish yo‘llari, maxsus yelimlar tayyorlash va yana shu sohaning nozik jihatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

20.03.2015 NAVRO‘ZI AYYOM MUBORAK!


Istiqlolning ushbu navbatdagi bahori ham o‘zining yashil qanotlarida bayramlarga boy elimizga Navro‘zi olamni-Yangi kunni, Yangi yilni, Yaxshi kunni va albatta Yaxshi umidlarni olib kelmokda. Navruz ayyomi barchamizning qalbimizga ezgulik, yaxshilik, muruvvat va mehr urug‘larini sochmoqda.
Yangilanish va yasharish bayrami xonadoningizga tinchlik-osoishtalik, ziroatchiligingizga qut-baraka, mehnat faoliyatingizga barkamollik olib kelsin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizni yasharish va yangilanish, go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lmish NAVRO‘ZI OLAM bilan samimiy muborakbod etadi. NAVRO‘ZI OLAM Sizga, oila a’zolaringizga va jamoangizga osuda hayot, xush kayfiyat, sihat-salomatlik, tinchlik va omonlik keltirishini tilab qoladi!


Oldin   43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar