06.07.2013
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 5 iyul kuni ko‘rgazmalar zalida shoir, professor Tohir Qahhor bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tohir Qahhor ajoyib shoirgina emas, ayni chog‘da yetuk publitsist, mohir tarjimon hamdir. Uning milliy tariximiz, madaniyatimiz, millatimiz taqdiri haqidagi, adabiyotimiz va merosimiz haqidagi chuqur ilmiy tafakkur bilan yozilgan o‘nlab maqolalari nafaqat publitsistika janrini, balki adabiyotshunosligimizning ham yutug‘i desak bo‘ladi.
U tarjimon sifatida buyuk turk shoiri Ziyo Ko‘kalpning dostonini, qator she’rlarini, fors adabiyoti namoyandalari Sadiy Sheroziy va Abdurahmon Jomiy g‘azallarini, arab adabiyotining klassiklari Abu A`lo Al-Maariy, qolaversa, A.S.Nugakin, Fet, Tyutchev she’rlarini va yana ko‘plab Sharq va G’arb adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U bunday faol xizmatlari uchun Ahmad Yassaviy mukofoti sovrindori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan sharafga ega.

Tadbirda akademik Bahtiyor Nazarov, Professor No'mon Rahimjonov, adabiyotshunos olim Shuhtar Rizayev, filologiya fanlari doktorlari, Hamiddillo Boltaboyev, Qozoqboy Yo`ldoshev va boshqalar ishtirok etdilarlar. Ular yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, O‘zbekistonni boy milliy adabiyoti orqali dunyoga tarannum etish borasidagi belgilab berilgan vazifalar, intellektual ehtiyojlarini qondirish, ularni milliy mustaqillik g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning roli va ahamiyatini kuchaytirish haqida suhbat o‘tkazishdi.

