Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
01.04.2015 E’LON!

2012 yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar

 
DIQQATIGA !
Hurmatli foydalanuvchilar!
 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Nizomning 11 va 32 bandlariga muvofiq, ID-karta 3 yil muddatga beriladi.
2012 yilning aprel oyida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar, 2015 yil 30 apreligacha qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart!
Qayta ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilar kutubxonaga kiritilmaydi!
31.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda


Umumxalq bayrami Navro‘zga bag‘ishlangan “Qadaminga hasanot, Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmada Navro‘z milliy bayramining O‘zbekistonda nishonlanishining o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va risolalar taqdim etilgan. Ko‘rgazmadan joy olgan rasmlarda tabiatning uyg‘onishi, bahorning kelishi, bayram tantanalari, xalq sayllari, bayram toamlari tayyorlanish jarayoni, xalq musobaqalari va bshq. muhrlangan.
“Navro‘znoma”, “Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” kitoblari ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga bayram tarixi, asl Navro‘z taomlari va Navro‘z bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ko‘rgazmada shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va o‘zbek xalqining ijtimoiy taraqqiyoti, xalq bayramlarining ma’naviy ahamiyati va Navro‘z xikmatlari jamlangan “O‘zbek udumlari” va “Bayralarimiz” kitoblari ham alohida e’tiborga loyiq. Bu erda Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning Navro‘zning o‘ziga xosliklari to‘g‘risidagi dono fikrlari bilan ham tanishish mumkin. 

31.03.2015 E’lon!


O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida buyuk sarkarda,  davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur va uning avlodlariga bag‘ishlangan qadimiy kitoblar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi.
Mazkur kollektsiyaga  XVIII asr boshi va XX asr o‘rtalarida nashr etilgan adabiyotlar kiritildi. Amir Temurning jang san’ati, xarbiy yurishlari va g‘alabalari haqida hikoya qiluvchi bu ekspozitsiyada fors tilidan ingliz tiliga Uilyam Diveyn tomonidan tarjima qilingan, 1783 yilda toshbosma usulida chop etilgan “Temur tuzuklari”, L-M.Lyangle tomonidan Amir Temur hayoti haqida so‘zlovchi,1890 yilda chop etilgan “Temur hayoti”, Fransua Peti de lya Kroa tomonidan fors tilidan frantsuz tiliga o‘girilgan, 1723 yilda nashr etilgan  Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” 4 jildlik asari va shu kabi kitoblar ham namoyish etilgan.

30.03.2015 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


23-27 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 309 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 134 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 57 ta, tibbiyot - 4 ta, ta'lim va madaniyat - 11 ta, badiiy adabiyotlar - 21 ta, texnika - 7 ta, san'at - 12 ta, adabiyotshunoslik - 3 ta, tabiiy fanlar - 14 ta, q.x. - 1 ta, tilshunoslik - 2 ta, ma'lumot-axborot adabiyotlari - 2 ta), 175 ta avtoreferatlar (siyosat - 48 ta, tibbiyot - 33 ta, texnika - 17 ta, tabiiy fanlar - 12 ta, ta'lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 11 ta, falsafa - 4 ta,  tilshunoslik - 9 ta, adabiyotshunoslik - 12 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

27.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 27 mart kuni “Ijod” o‘qish zalida 1961 yildan buyon har yili 27 mart kuni nishonlanib kelayotgan teatr sohasi vakillarining xalqaro kasb bayrami - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
“Teatr –hayot demak...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada milliy va jahon teatr san’ati, uning fidoiy namoyondalari va bu soha sir-asrorlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, rasmlar, gazeta va jurnallar o‘rin olgan.
1961 yilda YuNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti IX kongressida ta’sis etilgan mazkur bayram yagona “Teatr xalqlar hamjihatligi va do‘stligini mustaxkamlash vositasi sifatida” shiori ostida nishonlanadi. Bu – hayotini teatr bilan chambarchas bog‘lagan barcha fidoiy insonlar: aktyorlar, rejissyorlar, chiroq va tovush ustalari, sahna bezagi ustalari, hatto, bilet sotuvchilar va garderobchilar bayramidir, zero, “Teatr ilgakdan boshlanadi”.

27.03.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aprel oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


1 aprel kuni kutubxona foyesida “Xalqaro kulgi kuni” ga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi;
2 aprel kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida rassom Xusan Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va “Istiqbol” zalida “Xalqaro bolalar kitobi kuni” ga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi;
3 aprel kuni soat 15:00da majlislar zalida rejisser Doniyor Shokirovning «Sen haq bo‘lsang» nomli xujjatli filmining taqdimoti;
6 aprel kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida falsafa fanlari doktori, akademik Omonulla Fayzullayevning 94 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi;
7 aprel kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mahkam Mahametov bilan ijodiy uchrashuv;


Oldin   42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar