O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondiga AQSH elchixonasi tomonidan kitoblar hadya etildi -
Bo`limga qaytish
06.07.2013
5 iyul kuni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kitoblar hadya etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Djorj Krola, axborot, ma'daniyat, ta'lim masalalari bo‘yicha attashes Brayn Penn, elchixona axborot-resurs markazi direktori Doniyor Salixovlar qatnashdi. Milliy kutubxonaning xorijiy adabiyotlar fondini yanada boyitish maqsadida ilmiy - ommabop, ta'limiy, badiiy, bolalar adabiyoti, ko‘plab davriy nashrlar sovg‘a qilindi. Marosimda elchi Djorj Krola so‘zga chiqib O‘zbekistondagi ta'lim soxasidagi yutuqlar, Milliy kutubxonaning faoliyati, bugungi kunda dunyo miqyosida mutolaaga bo‘lgan munosabat, yaratilayotgan elektron resurslar haqida fikr bildirdi.
Kutubxona foydalanuvchilari tomonidan elchi janoblariga uning bosma va elektron kitobga bo‘lgan shaxsiy munosabati, dunyo miqyosida kitob mutolaasi ko‘rsatkichlarini pasayishi sabablari haqidagi savollarga boy bo‘ldi.