Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


06.07.2013
1 - 5 iyulgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 289 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan  107 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 29 ta, tibbiyot - 9 ta, badiiy adabiyot - 32 ta, qishloq xo‘jaligi -5 ta, texnika - 1 ta, san'at - 8 ta, ta'lim va madaniyat - 12 ta, tabiiy fanlar - 12 ta, sport - 1 ta, adabiyotshunoslik - 6 ta) va 182 ta avtoreferatga (siyosat - 70 ta, tibbiyot - 31 ta, qishloq xo‘jaligi - 9 ta,  texnika - 39 ta, san'at - 2 ta, ta'lim va madaniyat - 10 ta, tabiiy fanlar - 17 ta, sport - 1 ta, adabiyotshunoslik - 1 ta, tilshunoslik - 2 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha 3008 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1463 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi. 
Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 410800 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 1 - 5  iyul holatiga ko‘ra 51 nusxa gazeta; 15 nusxa jurnal; jami 424 bibliografik yozuv kiritildi; 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 48 ta ISBN raqami (kattalar uchun 42 ta va bolalar adabiyoti uchun 6 ta) berildi. 36 ta kattalar adabiyoti  uchun  12 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar