Foydali resurslar
24 - 28 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 280 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 130 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 22 ta, adabiyotshunoslik - 10 ta, tabiiy fanlar - 31 ta, q/x - 8 ta, texnika - 3 ta, madaniyat - 10 ta, badiiy adabiyot - 31 ta, meditsina - 3 ta, san'at - 12 ta) va 150 ta avtoreferatga (siyosat - 43 ta, tibbiyot - 21 ta, texnika - 45 ta, madaniyat - 12 ta, tabiiy fanlar - 15 ta, tilshunoslik - 7 ta, san'at - 2 ta, q/x - 5 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha 2702 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1412 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 410000 taga yetdi.