Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida ma`lumot-axborot uchrashuvi bo`lib o`tdi - Bo`limga qaytish


28.06.2013

27 iyun kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Umidvorlik” nogiron bolalarga va ularning ota-onalariga yordam berish markazi hamkorligida “Hunarmandchilik ustaxonasi – imkoniyati cheklangan yoshlarni birlashtirishning shakli sifatida” mavzuiga bag`ishlangan ma’lumot-axborot uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ta`kidlash joizki, mazkur markaz ijtimoiy notijorat tashkilot bo’lib, nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan ota-onalar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mehnat va kasbiy mahoratni rivojlantirish orqali nogiron yosh avlodni ijtimoiylashtirishdan iborat.



Ma’lumot-axborot uchrashuvi ochilishida DVV filiali vakili, loyiha muvofiqlashtiruvchisi M.Teperina so’zga chiqdi. Ushbu tadbirda xalqaro tashkilotlardan – YUNISEF va BMT taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi, SOS O’zbekiston Bolalar mahallasi uyushmalaridan 20 dan ziyod vakillar ishtirok etdilar.



Ular ushbu markaz faoliyati va yangi loyihani amalga oshirishning bosqichlari, loyiha doirasida hamkorlikni mustahkamlash, mehnat va kasbiy mahoratni rivojlantirish orqali imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish, “Tadbirkor ayol” – O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisining o’rinbosari G.Yusupova o’z biznesini tashkil etish va rivojlantirishi uchun imkoniyati cheklangan yoshlarda mehnat va kasbiy mahoratni oshirishning muhimligiga oid mavzularda ma’ruzalar qildilar.  



 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar