Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
02.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi


2015 yil 2 aprel O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan  kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. 1967 yildan buyon har yili Xalqaro bolalar kitoblari kengashi tashabbusi bilan Daniyalik mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun, 2 aprelь kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma’naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish. 
Bolalar adabiyoti, ya’ni yozma shaklda bayon etilgan ertak va masallar XVII asr oxirida paydo bo‘lgan.  XVIII asr bolalarga D. Defoning “Robinzona Kruzo” va Dj. Sviftning “Gulliver sayoxati” asarlarini hadya etdi. XIX asrda esa bolalar adabiyoti G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar ertaklari bilan boyidi. N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi XX asrning taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.

02.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rassom Husan Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv va uning rasmlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2015 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rassom Xusan Sodiqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Iste’dodli karikaturachi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi, respublika va xalqaro tanlovlar ishtirokchisi Husan Sodiqov bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvda rassom Shavkat Muzaffar, “Gulhan” va “G‘uncha” bolalar jurnallari ijodkorlari, Shayxontohur O‘quv davolash kompleksi o‘quvchilari va 100- maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri Shukur Qurbon olib bordi. Tadbirda bolalar shoiri Tursunboy Adashboev, adabiyotshunos-olim Erkin Xudoyberdiev, rassom Mahmud Eshonqulovlar so‘zga chiqdilar va rassomning ijodi, faoliyati yutuqlari va o‘zbek san’atini dunyoga taratishdagi roli haqida gapirdilar. 
Yurtimizdagi kulgi ixlosmandlarining barchasiga Husan Sodiqovning nomi yaxshi tanish. U jamiyatimizdagi illat va kamchiliklarni maromiga keltirib hajv qiladi. Keyingi yillarda u shaxsiy tashabbusi bilan “O‘zbek xalq ertaklari”, “Jahon xalqlari ertaklari”, “Biz nega kulamiz?” kitoblari chop etilib, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashmoqda.

01.04.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 103550 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 437 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning март oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2199 shundan chet el fuqorosi 23 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 608;
O‘quvchi – 773;
Abituriyent – 259;
Magistr – 102;
Ilmiy xodim – 36;
Professor – 9;
Dotsent – 21;
Xizmatchi – 263;

01.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil mart oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  – 2199 (jami – 103550);                 
Qatnovlar –  69447;
Kitob berilishi  – 477598;
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  – 58,   qatnashganlar soni  – 1038;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  – 687,  avtoreferatlar  – 470, jurnallar  – 429,  gazetalar  –  7409, CD – 4, elektron resurslar – 1002.         
Jami – 10001; 
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 253; 
Kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN)  – 288,  
Davriy nashrlarning standart tartib raqami (ISSN)  – 3;                                 
Elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar  – 2922;
Jami AAKTda –  544250 yozuvlar.  
01.04.2015 E’LON!

“Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot-kutubxona resurslari” Central Asia – 2015   IX- Xalqaro konferentsiyasining tashkiliy qo‘mitasi anjuman qatnashchilarini ro‘yxatga olishni to‘xtatdi.
A’zolik badalini o‘z vaqtida to‘lashni so‘raymiz.
O‘z vaqtida a’zolik badali (10 aprelga qadar) to‘lanmasa yoki tashkilot tomonidan konferentsiyada ishtirok etayotgan kishi uchun to‘lovni amalga oshirish haqidagi kafolat xati berilmasa maqola va ma’ruzalar konferentsiya to‘plamida nashr qilinmaydi.

Barcha savollar bo‘yicha konferentsiya tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 1 uy.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
Faks: +99871 239-16-58 Telefon: +99871 232-83-90
E-mail: conf2015@natlib.uz Internet-sayt: www.natlib.uz
01.04.2015 Respublika yig‘ma elektron katalog markazining 02.03.2015 dan 31.03.2015 gacha bo‘lgan ish jarayonlarining statistik ma’lumoti

 

Respublika yig‘ma elektron katalogda  yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 950  635 (2013y.) 
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 654 417
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 18
 

Oldin   41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar