Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


23.06.2013
15 - 21 iyungacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 233 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan  113 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 42 ta, adabiyotshunoslik - 42 ta, tabiiy fanlar - 9 ta, q/x - 1 ta, texnika - 3 ta, madaniyat - 14 ta, badiiy adabiyot - 2 ta) va 120 ta avtoreferatga (siyosat - 52 ta, tibbiyot - 16 ta,  texnika - 29 ta, madaniyat - 13 ta, tabiiy fanlar - 10 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha  2514  nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1400  tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi. Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  409450 taga yetdi.
 
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 17 - 21  iyun holatiga ko‘ra 38 nusxa gazeta; 10 nusxa jurnal; jami 361 bibliografik yozuv kiritildi; 298 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda 49 ta ISBN raqami (kattalar uchun 43 ta va bolalar adabiyoti uchun 6 ta) berildi. 37 ta kattalar adabiyoti  va 5 ta bolalar adabiyoti uchun  14 ta  hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
Davriy nashrlarning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish bo‘yicha 8 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi.  
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar