Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 10 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” Dasturi doirasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan galdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 
Davra suhbati “G‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, badiiy, sport, harbiy-vatanparvarlik, milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot-resurslarini rivojlantirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudirasi Marhabo Sobirova, mazkur universitet “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abduvali Norboev va shu universitet “Fizika-matematika” fakulteti, “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirabbos Fayozov lar olib bordilar.

09.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ziyovuddin Jo‘raevning “Movardiyning Sharq davlatchilik ta’limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 9 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univetsiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyovuddin Jo‘raevning  “Movardiyning Sharq davlatchilik ta’limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda siyosatchilar, sotsiologlar, tarixchi-olimlar, sharqshunoslar, adabiytshunos-olimlar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar, O‘zbekiston Milliy univetsiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 
Ziyovuddin Jo‘raev o‘z monografiyasida o‘zbek olimlaridan birinchilardan bo‘lib  Movardiy yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Movardiyning ilmiy merosi, “Ahkom as-sultoniyya” asarining ilmiy o‘rganilganligi, Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Ahkom” asari qo‘lyozmalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

08.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 8 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarixchi, temuriyshunos-olim Hakimjon Sattoriy, Temuriylar shajarasi muzeyi ilmiy xodimi Fazliddin Rahimov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi ilmiy xodimi Sanjar G‘ulomov, Akademik Milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Muminov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev, Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kursantlari, Oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari, Toshkent soliq kolledji o‘quvchilari, mazkur dargohlar xodimlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordi.

07.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Mahkam Maxametov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 iyl 7 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, rejissyor Mahkam Maxametov bilan “O‘zbek milliy seriali. Ijodiy izlanishlar va muammolar” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Usmonov, taniqli rejissyor Meli Mahkamov, operator Rafael Kamolov, Mahkam Maxametovning kasbdoshlari va shogirdlari ishtirok etdilar.
Ijodiy kecha tanikli rejissyor, moxir pedagog va murabbiy Mahkam Maxametov ijodiy yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan “Mahkamboy” hujjatli film namoishi bilan boshlandi.
Ijodiy uchrashuvni taniqli jurnalist  Tursun Qoratoev olib bordi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev yig‘ilganlarga iste’dodli rejissyor va mohir pedagog, Mahkam Maxametovning O‘zbekistonda televidenie sohasining rivojiga qo‘shgan xissasi haqida so‘zlab berdi.

06.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik Omonulla Fayzullaevning xotirasiga bag‘ishlangan kecha va ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi

 

2015 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida falsafa fanlari doktori, akademik Omonulla Fayzullaevning 94 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-nazariy seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy Xalqaro markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, «Falsafa va fanlar metodologiyasi» mavzusiga bag‘ishlandi. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati raisi, f.f.d., prof. Qiyom Nazarov va Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori, t.f.n., dots. Shovosil Ziyodov anjuman qatnashchilarini qutladilar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullaevning xotirasini yodga oldilar va uning O‘zbekistonda falsafa ilmining taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissasi haqida so‘zladilar.

 

03.04.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejisser Doniyor Shokirovning «Sen haq bo‘lsang» nomli xujjatli filmining taqdimoti


2015 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-bizning umumiy uyimiz” deb nomlangan hujjatli filmlar kechasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga ko‘ra Boris Babaev stsenariysi asosida tasvirga olingan «Agar, sen xak bo‘lsang» va «Fenomen uzbekskoy modeli» filmlari namoyish etildi. Filmlar rejissyorlari Doniyor Shokirov va Petr Roykas.
Hujjatli filьmlar taqdimoti kechasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombusmen Sayera Rashidova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov, filmlar stsenariysi muallifi taniqli jurnalist Boris Babaev va «Agar, sen xak bulsang» filmi rejissyori Doniyor Shakirovlar so‘zga chiqdilar.
Ombusmen Sayyora Rashidova film ijodkorlarini yutuq bilan muborakbod etar ekan uning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi va “Filmda Ombusmen instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi faoliyati yorqin namoyon etilgan va uning insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani, ko‘plab arizalar o‘rganib chiqilib muammolar hal etilayotgani aniq dalillar bilan berilganligi filmning muvafaqiyatini ta’minlaydi”, - dedi. 


Oldin   40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar