Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar -
Bo`limga qaytish
07.06.2013
3-7 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 315 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 26 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 10 ta, adabiyotshunoslik - 4 ta, san'at - 10 ta, tabiiy fanlar - 2ta) va 289 ta avtoreferatga (siyosat - 104 ta, tibbiyot - 34 ta, texnika - 55 ta, san'at - 5 ta, madaniyat - 25 ta, tabiiy fanlar - 45 ta, q/x - 1 ta, adabiyotshunoslik - 16 ta, tilshunoslik - 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha 2337 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1295 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 408100 taga yetdi.