Foydali resurslar
2015 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonas qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi - «Your school»ning ingliz tili 1-bosqichi o‘quvchilarning bitiruv keschasi bo‘lib o‘tdi.
Markaz rahbari Miraxmad Rixsiboev o‘quvchilar va o‘qituvchilarni 1-bosqich yakuni bilan muborak etar ekan, grammatika, yozish va o‘qish imtihonlarida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni va fidoyiligi bilan ajralgan o‘qituvchilarni alohida tilga oldi. Shuningdek, u yoshlarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda Markazda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda ochilishi rejalashtirilayotgan xitoy va yapon tillari yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Yosh o‘qituvchilar esa o‘z kasbiy sifatlari va pedagogik yondashuvlaridan kelib chiqib chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish «Your school» Markazi tomonidan turli sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Munosib taqdirlangan o‘qituvchilar o‘z navbatida rahbariyat va o‘z o‘quvchilariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar esa o‘z ingliz tili kurslarida egallagan bilimlarini she’r va qo‘shiqlar orqali namoyish etdilar.
2015 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar, jurnallar va foto-suratlar ilm-fanning turli yo‘nalishlariga dahldor – bular, tabiiy, gumanitar, ijtimoiy, texnik va amaliy fanlar. Ular orasida matematika, fizika, ximiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsliklar va qo‘llanmalar ham bor.
Ko‘rgazmada Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy kabi o‘rta asr Sharq allomalari va Qori Niyoziy, S. Azizov, M. Tursunov, X To‘laganova kabi yetuk olimlarining kitoblari alohida o‘rin tutmoqda.
“Toshkent oqshomi” gazetasining 2015 yil 14-aprel 86-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati, unda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qish zallari imkoniyatlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi maqola chop etildi. Maqolada shuningdek, Milliy kutubxona mehmonlarining taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.
http://vto.uz/uz/info/madaniyat/1611-zamonaviy_marifat_va_zie_maskani.html
2015 yil 14 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Namozov bilan ijodiy uchrashuv va “Yulduzlar shamoli” va “Baxshiyona” deb nomlangan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professori O‘rozali Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur, taniqli telesuhandon Tolibjon Isroilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Gulchexra Shoxobiddin qizi, xonanda Qaxramon Mo‘minov va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘zbek milliy folklor ko‘shiqlari mohir ijrochisi, o‘zbek an’anaviy musiqasi yo‘nalishi davomchisi, xonanda Mahmud Namozov o‘z muxlislariga ukasi jurnalist Musurmon Nomozov tomonidan uning ijodiga bag‘ishlab yozilgan «Yulduzlar shamoli» va o‘zining yosh xonandalar uchun darslik sifatida chop etilgan “Baxshiyona” kitoblarini taqdim etdi.
2015 yil 13 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “ARI ROLAND JAZZ QUARTET” guruhi musiqachilari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ARI ROLAND JAZZ QUARTET guruhi badiiy rahbari Ari Roland yig‘ilganlarga guruhning shakllanishi tarixi, musiqachilarning musiqiy salohiyati, djaz-guruhi muvafaqiyat bilan ishtirok etgan konsertlar va festivallar haqida so‘zlab berdi. “ARI ROLAND JAZZ QUARTET repertuaridan taniqli djaz ijrochilari asarlari va originalligi uchun tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxsiy kompozitsiyalarimiz o‘rin olgan,-dedi u. Garchi, biz djazni dunyoda qabul qilingan ana’naviy uslubda ijro etsak-da, bizning talqinimizda hamisha o‘zimizga xosligimiz sezilib turadi”.
Ari Roland Djaz Kvarteti (Nyu-York) djaz-guruhi “Djazning oltin asri” bo‘lmish 1930-50 yillarda mashhurlik shoxsupasida bo‘lgan djaz-musiqasidan ruhlanib, tashkil topgan. Repertuari Charli Parker, Dizzi Gillespi va Billi Xolidey kabi afsonaviy djaz ijrochilari kuylaridan va shaxsiy kompozitsiyalaridan tashkil topgan. Shuningdek, ular djaz musiqasi ijrosi yo‘lida turli guruhlarni birlashtirib xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Mazkur guruh Zaid Naser (alt-saksofon), Kris Byarz (tenor-saksofon), Ari Roland (kontrabas) va Stefana Shas (udarnыe)lardan tashkil topgan.
2015 iyl 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqlol” zalida Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada “Bolalar ensiklopediyasi”, “Men dunyoni anglayman” seriyalaridan ilmiy-tadqiqotlar, fan va texnikaga oid kitoblar, “Yulduzli osmon”, “XX asr. G‘aroibotlar yilnomasi”, “Kosmodromga yo‘l” va “Borlik.Savollar javoblardan ko‘p” kabi qiziqarli kitoblar o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uchuvchi apparatlar, aviatsiya va kosmosga bagishlangan kitoblar namoyish etilgan.
Bu yerda xar bir foydalanuvchi konstruktorlar, kosmonavtlar, uchuvchilar va aviator olimlar, ularning dunyo kosmonavtikasi faniga qo‘shgan xissasi, shuningdek, konstruktorlik ustaxonalarida uchuvchi apparatlar maketlari yaratilishi jarayoni hakida malumotga ega bo‘ladi.