Foydali resurslar
2016 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar ishtirokchilari va shu yerda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, Boshqird milliy madaniyat markazi rahbari I.Hasanov festival qatnashchilarini qutladi, barchani Xalqaro ona tili kuni bilan muborakbod etdi va mazkur tadbirning ahamiyati hamda sananing vujudga kelishi tarixi bilan tanishtirdi “Xalqaro ona tili kuni 1999 yilda YuNESKO tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, dunyo ahli e’tiborini yo‘qolib borayotgan tillarni asrab qolishga qaratilgan.
2016 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, Boburiylar sulolasi va xukmronligi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligi munosabati bilan «Shoh va shoir» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda taniqli boburshunos olimlar, tarixchilar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy tibbiyot fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtiroketdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iste’dodli shoira, o‘zbek ayollar adabiyotining asoschilaridan biri, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunovaning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va nasr sohibasi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Saida Zunnunova 1926 yilda Andijonda tavallud topgan. Andijon pedagogika institutida tahsil olgach, Andijon maktablarida muallima, keynchalik esa gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Adabiyotta muhabbat uni O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetakladi.
2016 yil 15 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor, teatr va kino aktyori Sayfi Olimovning 115 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aktyor ijodining ixlosmandlari, teatr san’atini o‘rganayotgan uquvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Bibliografik sharhni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. U yig‘ilganlarga aktyorning hayoti, ijod yo‘li, u rollar ijro tgan va o‘zi sahnalashtirgan spektakl va filmlari haqida hikoya qildi. Shuningdek moderator Sayfi Olimovning jamoat ishlari, uning o‘zbek xalqining mashxur shaxslari haqida filmlar suratga olish yo‘lida qilgan jonbozliklari haqida so‘zlab berdi.
2016 yil 12 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan “Yoshlar kamolotida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda boburshunos olimlar, shoirlar, yozuvchilar, teatr aktyorlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir maqsadi – Bobur asarlaridagi ezgu g‘oyalarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi va mustaxkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini e’tirof etishdan iborat.
2016 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axloqshunos mutafakkir” mavzusida olim, donishmand Unsur al-Maoliy Kaykovus (1021-1098) tavalludining 995 yilligi munosabati bilan bibliografik obzor va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona foydalanuvchilari uchun bibliografik obzorni O‘zbekiston Yozvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. U tinglovchilarga amaliy falsafa muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullangan o‘rta asr Sharq mutafakkirlari vakili Unsur al-Maoliy Kaykovusning o‘ziga xos adabiy yo‘nalishi haqida hikoya qilib berdi. “Jasur Kaykubodning merosxo‘ri Kaykovus kayoniylar sulolasidan bo‘lgan 2-shoh bo‘lib, 1021-1098 yillarda yashagan.