Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
31.05.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 27 – 31 may holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
61 nusxa gazeta; jami 249 bibliografik yozuv kiritildi; 207 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
38 ta ISBN raqami (kattalar uchun 36 ta va bolalar adabiyoti uchun 2 ta) 10 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 43 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 12 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
ISSN raqam berish uchun 7 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Shartnomalarga asosan 10 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.