Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti - Bo`limga qaytish


29.05.2013
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarori qabul qilindi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yuqoridagi qarorning  bajarilishi doirasida bir qator ishlar  bajarildi. Shu jumladan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga (ISBN) va davriy nashrlarga (ISSN) xalqaro standart tartib raqamlarini berilishini kompyuter tarmog‘i orqali interaktiv shaklda tashkil etish, ushbu sohada nashriyotlar va tahririyatlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga ISBN va davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart tartib raqamlari  berilishini elektron ko‘rinishida tashkil etildi.




Mazkur dastur bilan to‘liq va yaqindan tanishishtirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligidan, nashriyotlar va tahririyatlardan vakillar, dastur bilan yaqindan ishlagan mutaxassis - xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirni Milliy kutubxona direktor o‘rinbosari v.v.b. Umida Teshaboyeva ochib berdi. Zuxriddin Isomutdinov tomonidan  ISBN va ISSN ni O‘zbekistonda joriy qilinish tarixi, hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma'lumot berildi. Shundan so‘ng Kamola Yo‘ldoshvaning ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti namoyish qilindi. Taqdimotga yig‘ilganlar tomonidan berilgan savol va takliflari tadbirni  qizg‘in munozarali tazrda bo‘lib o‘tishini ta'minladi. 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar