Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
22.04.2015 E’LON!

  

2015 yil 23 aprel kuni Milliy kutubxona foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
 
 
Ma’muriyat
21.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Jahon” zalida “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Mazkur sanaga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ajdodlarni birlashtirib, insoniyatning madaniy boyligi va hamma kitobxonlarning eng sevimli kitoblariga aylangan asarlar o‘rin olgan. Bular dunyo bolalari, o‘smirlari, yoshlari va kattalarning sevimli dunyoga mashhur adiblar qalamiga mansub kitoblardir. Keng o‘quvchilar ommasiga tanish yozuvchilar suratlari bilan bir qatorda ularning kitoblar va kitobxonlar to‘g‘risida aytgan fikrlari ham joy olgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Milliy kutubxona foydalanuvchilari tomonidan ko‘p buyurtma beriladigan jahon adabiyoti namunalari bilan tanishadilar. Ko‘rgazmada  Djeyn Osten, Risto Vasilevski, Agata Kristi, Migel de Servantes, Vilyam Shekspir, Charlz Dikens, Vladimir Nabokov kabi taniqli adiblar asarlarining yangi nashrlari namoyish etilmoqda.

20.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Konservatsiya va restavratsiyada an’anaviy va yangi materiallar va texnologiyalar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda


Xalqaro konferensiya doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 iyuldagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta’minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Konservatsiya va restavratsiyada an’anaviy va yangi materiallar va texnologiyalar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

2015 yil 20 aprel kuni boshlangan seminar Yuta universiteti Mariotta kutubxonasi (AQSh)  fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis Rendi Silverman xamda konservatsiya va restavratsiya bo‘yicha mutaxassis Jamila Al-Me’mariyalar (Ummon) rahbarligida bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda RR-taqdimotlar hamda qog‘oz tayyorlashning qo‘l va mashina usullarini o‘rgatuvchi filmlar namoyish etilmoqda, konservatsiya va restavratsiyaga oid nazariy bilimlar  va o‘quv materiallari, qog‘ozlar va muqovalash turlari, nashriyot kitoblarini muqovalash ishi tarixiga oid keng ma’lumotlar berilmoqda. 

20.04.2015 O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia - 2015” IX Xalqaro konferensiyasiga bag`ishlan matbuot anjumani bo`lib o`tdi


2015 yil 20 aprelkuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia - 2015” “FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro konferensiyasiga bag`ishlan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Matbuot anjumanida O`zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, tashkilotchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar. 
“Central Asia-2015” “Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o`rni” mavzusida IX Halqaro konferensiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida 2015 yilda o`tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 25-bandiga asosan o`tkazilmoqda. 
Matbuot anjumanida OAV vakillariga Toshkent shahrida 22-24 aprel kunlari bo`lib o`tadigan Xalqaro konferensiya to`g`risida ma'lumot berildi.
Anjuman maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo`llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o`quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o`rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.

20.04.2015 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


13 – 17 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 286 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 167 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 46 ta, tibbiyot – 6 ta, ta’lim va madaniyat – 18 ta, texnika – 2 ta, q.x. – 1 ta, san’at – 5 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 22 ta, adabiyotshunoslik – 40 ta,  tilshunoslik – 7 ta ), 119 ta avtoreferatlarga (siyosat - 40 ta, tibbiyot - 13 ta,  texnika - 19 ta, tabiiy fanlar – 18 ta,  ta’lim va madaniyat - 9 ta, q.x. - 3 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tilshunoslik - 7 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni  21 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
10 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

17.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotining yangi kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 17 aprel kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotining yangi kitoblari, ya'ni Bahodir Karimovning “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, Bahodir Nurmuhammadning “Odam” va Baxtiyor Abdug‘afurning “Olamlar kurashi” kitoblari  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirda “Akademnashr” nashriyoti Bosh direktori SanjarNazarov, kitoblar  mualliflari B.Karimov B.Nurmuhammad va B.Abdug‘afurlar, ularning ustozlari va shogirdlari, adabiyotshunos-olimlar, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va Zangiota tumanidagi 34-son umumta'lim maktabi o‘qituvchilari, o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.


Oldin   38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar