Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
01.05.2015 E’LON!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida XX asr boshlarida qatag‘onlikka uchragan milliy ma’rifatchilikning atoqli namoyondalari ishtirok etgan nashrlar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi. 
Mazkur ekspozitsiyaga XX asr boshlarida nashr etilgan gazeta va jurnallar kiritildi. Unda jadidchilik harakatining asoschilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy, Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Fitrat, Elbek, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burxonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov, Obidjon Mahmudov, Xamza, Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda, Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov va boshqalarning tarixiy ma’lumotlari, she’rlari, maqolalari, badiiy asarlari va boshqa turli materiallari o‘rin olgan. 

30.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida may oyida tashkil qilinadigan tadbirlar:
2 may kuni  majlislar zalida “Chet tillarni turli sohalarga yo‘naltirilgan holda o‘qitish: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman; 
4 may kuni soat  11:30da  xalqaro  fotosuratchi  Djakomo  Pirossining foto suratga olish bo‘yicha mahorat maktabi; 
4 may kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida “O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilimlarini mukammal egallashlari uchun, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalarida maxsus to‘garaklar tashkil etish” mavzusida seminar-trening;
5 may kuni soat 15:00da  “Kashfiyot” zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Sulaymonov  tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi
30.04.2015 E’LON!

Hurmatli foydalanuvchilar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi texnik sabablarga ko‘ra (mavjud kompyuterlar sozligini tekshirish, joriy qilingan dasturiy ta’minotlarni ishlash xolati va profilaktikasi va boshq.) 1 may kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni 14.00 dan boshlaydi. 
28.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Jahon adabiyoti durdonalari» nomli ko‘p jildli to‘plamning 1- kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Jahon adabiyoti durdonalari» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston xalk yozuvchisi Muhammad Ali, sos.f.d. professor Abdusalom Umarov, jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, tarjimon Mahkam Mahmud, jurnalist va tarjimon Erkin Ernazarov, shoir Shukur Qurbon, Fransiya, Yaponiya va Shveysariya elchixonalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Kitobda Jan-Batist Poklen Moler, Jan de Lafonten, Jan-Jak Russo, Onore de Balzak, Kobo Abe kabi jahon klassik adabiyoti namoyondalarining shoh asrlari jamlangan. Kitobda mashhur adiblar asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasidan tashqari ularning qisqacha biografiyasi, xikmatli so‘zlari, ular hayoti va ijodi xronologiyasi va asarlarining bibliografiyasi berilgan.

27.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi


2015 yil 22-24 aprel kunlari Toshkentda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari - Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumanini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya har yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilib kelinadi. 

Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.

22.04.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi


2015 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi. 

Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
Konferensiyaning birinchi kunida axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati, axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan sho‘ba majlislari bo‘lib o‘tdi.


Oldin   37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar