Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar -
Bo`limga qaytish
24.05.2013
20 - 24 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 158 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 42 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 10 ta, tibbiyot - 10, q/x - 7, madaniyat - 10, adabiyotshunoslik - 5 ta) va 116 ta avtoreferatga (siyosat - 24 ta, tibbiyot - 22 ta, texnika - 26 ta, san'at - 1 ta, madaniyat - 11 ta, tabiiy fanlar - 15 ta, sport - 1 ta, tilshunoslik - 8 ta, q/x - 6 ta, adabiyotshunoslik - 2 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha 2118 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1142 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 406750 taga yetdi.