Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” - Bo`limga qaytish


23.05.2013

Joriy yilning 23 may kuni Toshkent shahri, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami" ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta'limi, Oliy va o‘rta mahsus ta'lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Respublika ma'naviyat targ‘ibot Markazi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Maxalla” hayriya jamoat fondi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi, “Uzdavkitobsavdota'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.



Tadbirda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 100 ga yakin nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdosi tashkilotlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.  Mazkur tadbirda  Alisher Navoi nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida chop etilayotan kitoblar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq kitoblar taqdim etildi. Milliy kutubxona nashriyoti pavilionida Miraziz A'zam, Shukur Jabbor, Vafo Fayzullo, Shukur Qurbon kabi shoir va adiblar bilan  ijodiy uchrashuv va suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ular yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, O‘zbekistonni boy milliy adabiyoti orqali dunyoga tarannum etish borasidagi belgilab berilgan vazifalar, intellektual extiyojlarini qondirish, ularni milliy mustaqillik g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning roli va ahamiyatini kuchaytirish haqida suhbat o‘tkazishdi. 






Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar