Foydali resurslar
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni oldidan bolalar uchun bayram tadbiri
2013 yil 30 may soat 10:00 da Alisher Navoi nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonaning ichki maydonchasida va kutubxona kinomarkazida “1-iyun butunjahon bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O`zbek-Yaponiya markazi hamda “SOS” bolalar mahallasi bilan hamkorlikda bayram tadbiri va maxorat maktablari tashkil qilinadi. Barcha istaganlar tadbirda ishtirok etishlari mumkin. Tadbirning birinchi qismida bolajonlar uchun ochiq xavoda turli qiziqarli o`yinlar (soat 10:00 dan 12:30 gacha) va tadbirning ikkinchi qismida(soat 14:00dan 17:00 gacha) O`zbek – Yaponiya markazi tomonidan tashkillashtirilgan origami mahorat maktablari o`tkaziladi. Tadbirda ishtirok etish barcha uchun bepul.