Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
02.05.2015 O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Chet tillarni turli sohalarga yo‘naltirilgan holda o‘qitish: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2015 yil 2 may kuni O‘zbekiston milliy kutubxonasida Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy Markazi tomonidan tashkil etilgan “Chet tillarni turli sohalarga yo‘naltirilgan  holda o‘qitish: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  
Ushbu konferensiya Respublikaning uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan islohotlar, ya’ni chet tillarni o‘qitish darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosini tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 dekabr 2012 yildagi №1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosini amalga oshirish  doirasida o‘tkazilib, uning muhim yo‘nalishlaridan biri - oliy o‘quv yurtlarida maxsus fanlarni chet tilida o‘qitishda, nofilologik yo‘nalishda ta’lim beruvchi o‘qituvchilar zimmasiga yuklangan vazifalarga bag‘ishlandi.
02.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif buyurdi

2015 yil 2 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan tashrif buyurdi.

01.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» deb nomlangan kitobi bilan boyitildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Ahmadali Asqarovning “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida 670 bet hajmda nashr etilgan “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” deb nomlangan kitobi bilan boyitildi.

01.05.2015 Respublika yig‘ma elektron katalog markazining 01.04.2015 dan 30.04.2015 gacha bo‘lgan ish jarayonlarining statistik ma’lumoti

 

Respublika yig‘ma elektron katalogda yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 950  635 (2013y.); 
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 800 395;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 18

01.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil aprel oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  – 2815 (jami – 105563);  
Qatnovlar –  86676;
Kitob berilishi  – 550525;
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  – 53,   qatnashganlar soni  – 1155;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  – 475,  avtoreferatlar  – 308,   jurnallar  – 524,  dissertatsiyalar – 1.
Jami – 1308; 
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi – 302; 
Kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN)  – 280,  
Davriy nashrlarning standart tartib raqami (ISSN)  – 4

01.05.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 105563 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 802 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning апрель oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2815 shundan chet el fuqorosi 22 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 862;
O‘quvchi – 936;
Abituriyent – 337;
Magistr – 178;
Ilmiy xodim – 38
Professor – 7;
Dotsent – 22


Oldin   36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar