15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila - muqaddas dargoh” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. -
Bo`limga qaytish
16.05.2013
Jahon xalqlari kabi O‘zbekistonda ham 15-may - Xalqaro Oila kuni bayram sifatida keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrida bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishida 1994 yildan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan maqsad - barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, o‘z orzu umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta'minlaydigan maskan - oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratishdir.
15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila - muqaddas dargoh” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Tadbirda Mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asl ma'nosi ham, oilani, onani, farzandni va qariyalarni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgani, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy Markazi va uning viloyatlardagi bo‘limlari faoliyati, oilalarda sog‘lom turmush tarzi, xorijiy tillarni o‘rganishning dolzarb masalalari, oila barqarorligini kafolatlovchi qonunlar va me'yorlar hayotimizga singib borayotgani xususida fikr-mulohazalar keng yoritildi. Anjumanda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Yu.Abdurahimova, pedagogika fanlari doktori, professor M.O.Musurmonova, tarix fanlari doktori, professor D.X.Ziyayeva, filologiya fanlari doktori, professor G.X.Boqiyeva, yuridik fanlari nomzodi G.S.Inomjonanovalar o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Anjumanda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Toshkent shahri FXDYO bo‘limi mudiralari, “Oila” markazlari mutaxassislari, Yunusobod tumani xotin qizlar qo‘mitasi mutaxassislari, Oliy o‘quv yurtlari boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika bosqichi ishtirokchilari, “Orasta qizlar” to‘garagi qatnashchilari ishtirok etdi.