“Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan Erkin Vohidov bilan uchrashuv kechasi -
Bo`limga qaytish
09.05.2013
Yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilingan bo’lib, bu bayram keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Tinchlik uchun g’alaba qozonishda O’zbekistonning ham xissasi bor. Minglab o’zbek xalqi janglarda azoblanganlar, tinchlik uchun qon to’kkanlar, qochoqlar, boshqa millatlarning qutqarilgan xalqlariga davlatimiz, bag’rikeng xalqimiz tomonidan, frontdagi insonlar uchun yordam ko’rsatilgan. II jahon urushi yillarida O’zbekiston 450 mingdan ziyod o’g’lonlarini yo’qotgan. Bugungi kundagi farahbaxsh kunlarimiz aynan urush qurbonlari va vatanimiz qahramonlarining ko’rsatgan jasoratlari evaziga desak mubolag’a bo’lmaydi. “Xotira va qadrlash kuni” ning nishonlanishi ham aynan urush fahriylari va qatag’on qurbonlari xotirasi xurmati uchun bag’ishlanadi.
Mamlakatimiz islohotlarida ham yoshlarimiz ongida madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan birga nuroniylarni, millatimiz jonkuyarlarini e’zozlash, ularning holidan xabar olish va g’amxo’rlik ko’rsatish kabi go’yalarni singdirish yetakchi o’rindadir.
Qalbida ma’naviy barkamollik, millatga xurmat tuyg’usi bor har bir inson millat tarixi, ma’naviy qadriyatlarini chuqur anglaydi va ajdodlarning millat va yurtning porloq kelajagi uchun ko’rsatgan jasoratlarini qadriga yetadi.
Zero, tarixiy xotira bilan yashash, ajdodlarga ehtirom ko’rsatish insoniylik fazilatlari ichida eng ulug’idir.
Bizga ma’lumki, har bir millat o’zining tarixiy ibtidosiga ega va tarixsiz kelajak qurib bo’lmaydi. Bugun biz katta qiyinchiliklar, azobu-uqubatlar, xo’rliklaru-ochlik iskanjasida yashab avlodlar uchun musaffo osmon ostida dorilomon kunlarni kechirishdek baxt ato etgan ota-onalarimiz, buva-buvilarimiz, ulug’ vatan uchun hayotini tikkan, sog’ligidan ayrilgan insonlar ruhi oldida, qolaversa, bugungi kunda mustaqillik nashidasida hayot kechirayotgan nuroniylar oldida ta’zim aylaymiz.
9 may – ushbu kunni butun jahon xalqi urush faxriylarini tabriklaydilar: barcha davlatlarda bayram kechalari, uchrashuvlar, hayriya tadbirlari, taqdirlash marosimlari o’tkaziladi.
Shuningdek, O’zbekiston Milliy kutubxonasida ham 8-may soat 15-00 da kutubxona Kinomarkazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “ZiyoNet” axborot-resurs markazi hamkorligida O’zbekiston qaxramoni, O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ishtirokida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” shiori ostida uchrashuv bo’lib o’tdi.
.jpg)
Tadbirda Miraziz A’zam, Anvar Obidjon, Gulchexra Ibrohimova, Shukur Qurbon kabi taniqli shoir va yozuvchilar, Barovskiy nomli Toshkent tibbiyot kolleji o’quvchilari, Toshkent shahridagi 55162-sonli harbiy qism harbiylari ishtirok etdilar.
Tadbirni shoir Shukur Qurbon bayram tabrigi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov o’z ijod namunalari bilan tadbirga yig’ilganlarni qutladi. Erkin Vohidov o’zining ulug’ jahon urushi haqidagi she’rini o’qir ekan, tadbir qatnashchilariga o’zining dildagi tuyg’ularini izhor qildi: – Xotira tushunchasi qadr bilan chambarchas bo’gliq. Darhaqiqat, biz bunday yorug’ va baxtli kunlarga qanday qiyinchiliklar, bu yo’ldagi og’ir yo’qotishlar, azob-uqubatlar evaziga yetishganimizni anglab yetmasak, xozirgi baxtli kunimizni, musaffo osmonimizni, farovon hayotimizni qadriga yetolmaymiz. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “ZiyoNet” axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Gulchexra Ibrohimova ham o’zining nutqida insoniyat, xalq, millat aynan ota-onalarning ko’rsatgan jasoratlari, bag’rikengliklari xotirasi bilangina tinch va osuda hayotimiz, ertangi kunga bo’lgan ishonch, baxtli hayot uchun dillarda jo’shqinlik va shijoat tuyg’ulari barq uradi.
.jpg)
Tadbirda turli adabiyotlar ko'rgazmasi, jumladan Erkin Vohidovning O’zbekiston Milliy kutubxonasida nashrdan chiqarilgan “Tabassum” nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbir so’ngida ulug’ Vatan urushi xotirasiga bag’ishlab ishlangan “Vatan” filmi asosida so’rovnomalar o’tkazildi. So’rovnoma g’oliblariga qimmatbaho kitoblar sovg’a qilindi.
.jpg)
.jpg)