Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
08.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi

2015 yil 7 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli siyosiy sharhlovchi Tursun Qoratoev bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taniqli jurnalistlar, radio va televidenie diktorlari, Yozuvchilar uyushmasi vakillari, “Madaniyat va ma’rifat” talekanali xodimlari, Inson huquqlari instituti vakillari, televidenie va radio faxriylari, OAV vakillari, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Diktor va boshlovchi, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov, t.f.n., telejurnalist Nafisa Zohidova, taniqli telejurnalist Irismat Abduholiqov, f.f.d. jurnalist Xurshid Do‘stmuhammad, jurnalist Akram Aminov, yozuvchi Baxtiyor Haydarov, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali direktori Vohid Luqmonov, Tursun Qoratoevning kasbdoshlari va shogirdlari uning mehnat faoliyati, kasb mahorati, isoniylik xususiyatlari va ustozlik tajribasi haqida so‘zladilar.
06.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 6 may  kuni “Tafakkur”  o‘qish zalida  9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Avlodlar qalbida xotira abadiy” deb nomlangan  kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada o‘zbek xalqi o‘g‘lonlarining fidokorona jasoratlari, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, mehribon singillar va vafodor ayollarning front orti jobozliklari va jangohlarda o‘g‘illarini yo‘qotgan mushtipar onalarning motamlari aks ettirilgan asarlar va fotosuratlar o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada jang maydonlarida bitilgan, askarlarning qahramonliklarini madh etuvchi badiiy asarlar va publitsistik qaydlar, she’rlar va hikoyalar o‘rin olgan. 

06.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Xotira-abadiy, qadr-muqaddas” mavzusida tadbirlar tashkil etildi


2015 yil 6 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-abadiy, qadr-muqaddas” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ZiyoNET bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbati va “Xotira-muqaddas” videofilmi namoyishi, “Tafakkur” zalida esa “Avlodlar qalbida xotira abadiy” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

“O‘tganlar yodi bu...” deb nomlangan davra suxbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. Unda O‘zbek Milliy Akademik teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Erkin Samandar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi Ro‘zimboy Jumanazarov  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari va Shayxontohur o‘quv-davolash kolleji o‘quvchilarilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

05.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Hamid Sulaymonov adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi


2015 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, f.f.d., professor Hamid Sulaymonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.

Hamid Sulaymonov 1910 yil 5 maya kuni Toshkentning Kamolon mahallasida dunyoga kelgan. Kinematografiya davlat institutini tamomlagach O‘rta Osiyo universiteti pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan Toshkent pedagogika institutida dars berdi. 1941-1945 yilarda Toshkentga ko‘chirilgan SSSR FA jahon adabiyoti instituti aspiranturasini tamomlagan. U o‘z hayotini O‘zbekistonning qo‘lyozma boyliklarini topish va ularni tiklashga bag‘ishladi, jamlangan shoir va mutafakkir Alisher Navoiy qalaimga mansub madaniy meros adabiyot muzeini tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. H.Sulaymonovning asosiy ilmiy faoliyati A.Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan. Navoiy qo‘lyozmalarining bibliografiyasini yaratish  davomida u  dunyoning yirik kutubxonalarida saqlanayotgan “Badoe ul-bidoya” va “Navodir un-nixoya” devonlarining shoir Alisher Navoiga mansubligini isbotladi va ularni O‘zbekistonga keltirilishida katta rol o‘ynadi. 

05.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 4 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan galdagi seminar “O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilimlarini mukammal egallashlari uchun, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalarida maxsus to‘garaklar tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-xunar kolleji o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan mazkur seminarni Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji muhandis-dasturlovchisi Tursunov Bahrom va Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Rahimov Akmallar o‘tkazdilar.

04.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fotohavaskorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi


2015 yil 4 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqaro YuNISEF fotosuratchisi Djakomo Pirossining fotohavaskorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi yoshlarlardan iborat fotohavaskorlar ishtirok etgan mazkur mahorat darslari bolalarni ijodiy fikrlashga, o‘zini aks ettirishga va ularda qobiliyat va talantni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Italiyalik  fotosuratchi Djakomo Pirossi dovrug‘i o‘z mamlakati - Apennin yarim oroli sarhadlaridan ham uzoqlarga taralgan. Butun dunyoda uni rasmlari mavzusi va Afrika va Osiyo reportajlarining o‘ziga xosligidan tanib oladilar. Pirossi badiiy suratga olishni o‘rgatadi. Ko‘rgazmali qurol sifatida esa u o‘z rasmlaridan foydalanadi.  


Oldin   35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar