O‘zbekiston Milliy kutubxonasida may oyida tashkil qilinadigan tadbirlar -
Bo`limga qaytish
07.05.2013
8 may kuni soat 15.00 da kutubxona Kinomarkazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Xotira kuni munosabati bilan “Xotira abadiy - qadr muqaddas” shiori ostida faxriylar bilan uchrashuv va “Afg‘on” badiiy filmi namoyishi bo‘lib o‘tadi.
10 may kuni soat 15.00 da Majlislar zalida BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan tadbir tashkil qilinadi.
14 may kuni soat 15:00 da S.I.Zininning xotira kechasi, kitob ko‘rgazmasi va film namoyishi bo‘ladi.
15 may kuni soat 15:00 da “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Taqdimot Ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi.
21 dan 23 mayda Rossiya va O‘zbekiston ilmiy va ilmiy-texnikaviy davriy nashrlari qo‘shma ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
22 may kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Hayot va adabiyot” shiori ostida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan davra-suhbati o‘tkaziladi.
29 may kuni soat 15:00 da Majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster Mukarrama Turg‘unboyeva tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
30 may kuni soat 12:00 da Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbek-Yaponiya markazi hamkorligida Mahorat maktablari tashkil qilinadi.