Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O`zbekiston Milliy kutubxonasi fondiga XVIII–ХХ asrga tegishli nodir qo`lyozmalar hadya etish marosimi bo’lib o’tdi - Bo`limga qaytish


06.05.2013
6 may soat 15-00 da O`zbekiston Milliy kutubxonasida Qozog`iston millatiga mansub hozirgi kunda AQSHning Indiana Universitetida yaqinsharq, markaziy yevrosiyo va islom madaniyati topilmalari bo`yicha bibliograf mutaxassislik faoliyatini yuritayotgan amerikalik olim Akrom Xabibullayevning 10 ta arab qo`lyozmalarini hadya etish marosimi bo`lib o`tdi. Amerikalik mehmonlar O`zbekiston Milliy kutubxonasida o`tkazilgan “Central Asia-2013” “Internet va axborot-kutubxona resurslaridan fan, ta`lim, madaniyat va biznes sohalarida foydalanish” 7-xalqaro konferensiyasida ishtirok etishlari uchun taklif qilingan edilar. 
Tadbirda Milliy kutubxona direktor o’rinbosari so’zga chiqib, Vazirlar Mahkamasining 202 qarori va uning ijrosi uchun qilinayotgan tadbirlar haqida gapirib o’tdi. Bugungi kunda aholida saqlanayotgan nodir qo’lyozmalarning sotib olish yoki ko’paytirish orqali ta’lim olishda, ilmiy izlanishlar qilishda, mamlakat tarixi, qadimda o’tgan buyuk tarixiy shaxslar hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat ko'rsatishi haqida so'zladi. Shu bilan birga Akram Xabibullayev va Sharqshunoslik instituti talabasi Farhod Mardonov Milliy kutubxonaga taqdim etayotgan nodir qo’lyozmalarning qimmati va ahamiyati borasida ham so’z yuritib, Milliy kutubxona nomidan o’z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda yana Nodir, noyob, alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Konservatsiya va restavratsiya xizmati rahbarlari ham so'zga chiqib o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar va ushbu taqdim etilayotgan qo'lyozmalarning saqlanishi va kelajak avlodlarga yetkazib berilishini ta'minlashga alohida e'tibor berishlarini ta'kidlab o'tidilar.




  
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar