Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar -
Bo`limga qaytish
03.05.2013
29 apreldan - 3 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 628 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 266 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 52 ta, tibbiyot - 6 ta, badiiy adabiyot - 66 ta, qishloq xo‘jaligi -12 ta, texnika - 19 ta, san'at - 7 ta, ta'lim va madaniyat - 46 ta, tabiiy fanlar - 36 ta, adabiyotshunoslik - 22 ta) va 362 ta avtoreferatga (siyosat - 141 ta, tibbiyot - 31 ta, qishloq xo‘jaligi -14 ta, texnika - 60 ta, san'at - 8 ta, ta'lim va madaniyat - 24 ta, tabiiy fanlar - 47 ta, sport - 12 ta, adabiyotshunoslik - 6 ta, tilshunoslik - 19 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Bugungacha 2031 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 968 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 404600 taga yetdi.