Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
03.05.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 29 aprel - 3 may holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
90 nusxa gazeta; 9 nusxa jurnal; jami 525 bibliografik yozuv kiritildi; 224 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
147 ta ISBN raqami (kattalar uchun 141 ta va bolalar adabiyoti uchun 6 ta) 14 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 80 ta kattalar adabiyoti va 3 ta bolalar adabiyoti uchun 15 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
6 ta ISSN raqam berildi, 31 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 12 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.