Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
15.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Erkin A’zam badiiy olami” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 15 mayida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va Termiz davlat universiteti hamkorlikda tashkil etgan, yozuvchi, dramaturg va stsenarist Erkin A’zamning hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan “Erkin A’zam badiiy olami” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olimlar, yozuvchilar, adabiy tanqidchilar, adabiy jamoatchilik, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchi va talabalari, Erkin A’zam ijodining muxlislari, OAV vakillari va kutubxona foydalanuvchilari qatnashdilar.
14.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Amir Temur va Temuriylar davri arxitekturasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2015 yil 14 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonning tarixiy va madaniy boyligi sanalmish, Temuriylar davri yodgordiklari, me’moriy obidalar ahamiyatini, ularning shu sulolaga dahldorligini va saqlanganligini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan “Amir Temur va Temuriylar davri arxitekturasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-amaliy seminar shu kabi masalalarga oydinlik kiritishda qo‘yilgan bir qadamdir.

14.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqning buyuk mutafakkiri Muso al-Xorazmiy tavalludiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi


2015 yil 12 may kuni O‘zbekiston Miliiy kutubxonasida sharqning buyuk mutafakkiri, olim  Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tavalludining 1235-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Sharq qo‘lyozmalari markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchi va talabalari hamda Toshkent oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari ishtirok etdilar. 

11.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 11 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda muloqot qilishda yoshlarning media savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan galdagi seminar “Ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish” mavzusiga bag‘ishlandi.

11.05.2015 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


4–8 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 142 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 96 ta, badiiy adabiyot – 11 ta, tilshunoslik – 4 ta, adabiyotshunoslik – 6 ta, tibbiyot – 2 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni 153 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi   
73 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.   

10.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik Sa’di Xasanovich Sirojiddinov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 10 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik-olim, davlat va jamoat arbobi, akademik, f-m.f.d. professor Sa’di Xasanovich Sirojiddinov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
O‘zbek matematigi, 110 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi S.Sirojiddinov 1920 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning matematik statistikaga doir tadkikotlari asosan korxona-muassasalarda ishlab chikariladigan maxsulotning sifatini nazorat kilishga bagishlangan.
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika sohasi namoyondasi o‘z tadqiqotlarida ko‘p o‘lchovli limit teoremalariga aniqlik kiritish va ularni statistik tahlish bilan shug‘ullandi. Bu esa O‘zbekistonda shu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktab paydo bo‘lishiga xizmat qildi. 


Oldin   34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar