Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Konferensiya yakunlari - Bo`limga qaytish


25.04.2013

25 aprelda konferensiyaning yakunlariga bag’ishlangan yig’ilishbo’lib o’tdi, unda xar bir seksiya moderatorlaridan yakuniy hulosalar tinglandi va eng yaxshi, tinglovchilar e'tiboriga molik, dolzarb mavzuni qamrab olgan ma'ruzalar e’lon qilindi. Eronlik Is’hok Saloxiy Kajur, YUNESKO vakili Krista Pikkat, Rossiya Davlat kutubxonasidan Galina Raykova, Ozarbayjondan Gadjiyeva Melek xanumning ma'ruzalari mazmuni va mohiyati jihatidan barcha uchun qiziqarli hamda foydali bo‘ldi. Tinglangan ma'ruzalar o‘zining dolzarbligi, mazmuni va g‘oyasi, sohadagi muammolarning hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarning hamma uchun umumiyligi konferensiya ishtirokchilarining diqqat e'tiborida bo‘ldi. Ma'ruzalar qizg‘in kutib olindi va tinglovchilar o’zsavollari bilan har bir ma'ruza muhokamasida faol ishtirok etdilar. Sho‘'bada ko‘tarilgan masalalar elektron kutubxonalar tashkil etish, uning fondini tashkil etuvchi elektron resurslarning sifati va samarasini oshirish, elektron kataloglar va uni tashkil etishning dolzarb muammolari, turli mamlakatlarda yaratilayotgan to‘la matnli ma'lumotlar bazalarining namunalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh avlod tarbiyasida va aholiga xizmat ko‘rsatishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni, AKM va ARMlar uchun zamonaviy dasturiy ta'minot masalalari, O‘zbekiston Millliy kutubxonasi dissertatsiyalar fondiga ochiq kirishning tashkil etilishi, elektron katalogda avtoritet fayllarning o‘rni , kutubxonachi xodimlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish masalalari, tajribalariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Tinglovchilar tomonidan eng yaxshi ma'ruzalar deb Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasining bo‘lim mudiri Kasiboyeva Aygul Urazgaliyevnaning “Qozog‘iston Milliy elektron kutubxonasi: hozirgi ahvoli, muammolar va istiqboli”, AQSH Illinoys Universitetining ilmiy xodimi Djozef Lenkartning “Avrora ma'lumotlar bazasi”, AQSHning Indiana Universiteti bibliografi A.Habibullayevning “Islomshunoslik: axborot-kutubxona xizmati”, Z.Sh.Berdiyevaning “AKM va ARMlarning Namunaviy Nizomlari”, Rasulova Nigoraning “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dissertatsiyalar fondiga ochiq kirishni tashkil etish” kabilar e'tirof etildi. Mamnuniyat va katta umidlar bilan aytib o‘tish kerakki, birinchi marta shunday nufuzli anjumanda ishtirok etgan yoshlarimiz Rasulova Nigora, Islomova Hilola, Kuliyeva Gulnoza, Ruzmetova Dilbar, Qurbonova Sabohatlarning ma'ruzalari ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ularning dadil qadamlar bilan axborot-kutubxona muassasalaridagi ish tajribalari bilan, muammolarni hal etish haqidagi o‘zlarining takliflari bilan davraga qo‘shila olganliklarini ta’kidlab o’tishdi.
Kinofotohujjatlarning raqamli nusxalarini saqlashga bag’ishlangan ma’ruza Milliy kutubxona fondidagi turli albomlarning elektron nusxalari sifatini yaxshilash uchun kinofotohujjatlarning markaziy davlat arxivi bilan aloqa o’rnatish, shunday manbalarni raqamlashtirishda ularning imkoniyatidan foydalanish fikrlari keng muhokama qilindi.
Anjuman yakunida o’z minnatdorchilik so’zi bilan Eron Milliy kutubxonasi va arxivi direktori Is’hok Saloxiy Kajur, Rossiya davlat kutubxonasidan Galina Raykova, AQSHning Indiana Universiteti bibliografi Akram Habibullayev Xalqaro konferensiyaning tashkilotchilariga barcha yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar uchun, ayniqsa “So‘g‘diyona” O’zbek xalq cholg’u ansambli orkestrlari ishtirokidagi konsertini namoyish etish bilan juda katta va zavqlanarli darajada dam olishlariga imkon berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar.



Konferensiya doirasida maxsus madaniy dastur ishlab chiqilgan bo’lib, mahalliy hamda xorijiy ishtirokchilarga Amir Temur Davlat muzeyiga, Toshkent shahridagi Turin politexnika Universiteti qoshidagi axborot resurs markaziga ekskursiya uyushtirildi. Konferensiya yakunida xorijiy mutaxassislar madaniy hordiq chiqarishlari uchun “Ilhom” teatrining ingliz tilidagi subtitrali spektaklini tomosha qilishga taklif qilindilar.   

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar