25.04.2013
Shu yilning 24 aprel kunida Milliy kutubxona ichki maydonchasida yetakchi nashriyotlarning yangi adabiyotlarini ko’rgazma doirasidagi taqdimotlari bo’lib o’tdi. Hamda quyidagi 6 ta seksiya yo’nalishi bo’yicha ma’ruzalar o’qildi:
1-seksiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O’zbekiston Milliy kutubxonasi kabi tashkilotlar 9 ta soha mutaxassislarining axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me’yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi va intelektual mulk yo’nalishi bo’yicha ma’ruzalari tinglandi.
2-seksiyada Qozog’iston Respublikasining Milliy akademik kutubxonasi, AQSHning Illinois va Indiana universitetlari, Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Wikipedia- O’zbekiston, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining fundamental kutubxonasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Respublika yig’ma elektron katalog markazi, Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi, O’zbekiston pedogogik fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi ZiyoNet viloyat ko’zi ojizlar axborot resurs markazi kabi yirik, xalqaro va milliy axborot kutubxona muassasalarining Fan rivojlanishida axborot kutubxona resurslarining o’rni va mohiyati, disertatsiyalardan erkin foydalanish kabi yo’nalishlarda 19 ta ma’ruzalari tinglandi.
3-seksiyada Samarqand chet tillari instituti qoshidagi 1-akademik litsey, Toshkent axborot-texnologiyalari kolleji mutaxassislarining ta’lim sohasida axborot-kutubxona resurslari, axborot- kutubxona markazlarining vazifalari yo’nalishida 10 ta ma’ruzalari tinglandi.
4-seksiyada Uzarxiv agentligi, Ozarbayjon Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining Fizuli nomidagi qo’lyozmalar instituti, Yel universiteti kutubxonasi, Toshkent Davlat san’at va madaniyat instituti, Termiz arxeologiya muzeyi, Toshkent islom universiteti, Rossiya Milliy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasining kinofotofonohujjatlar Davlat markaziy arxivi, Angren o’lkashunoslik muzeyi, O’zbekiston Respublikasining markaziy Davlat arxivi, Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi va boshqalar madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishda yagona axborot maydoni, axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, arxiv va muzeylarning o’zaro hamkorligi yo’nalishida 19 ta ma’ruzalari tinglandi.
5-seksiyada bizness soxasida axbrot-kutubxona resurslari: innovatsiya, hamkorlik va kooperatsiya yo’nalishida 18ta soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalari o’qildi.
6-seksiyada kutubxonalarda raqamlashtirilgan axborotni saqlash (YUNESKO bilan hamorlikda) mavzusida Zeutschel, O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi, O’zbekiston Respublikasining ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy Davlat arxivi kabi tashkilot mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.
Bundan tashqari konferensiyaning madaniy dasturlari doirasida barcha anjuman qatnashchilariga O’zbekiston Davlat konservatoriyasida “Sug’diyona” milliy xalq cholg’ulari ansambli ishtirokida musiqiy kecha uyushtirildi.