Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2013 yil 23 aprel kuni poytaxtimizning “City Palace” mehmonxonasida “Central Asia-2013” 7-xalqaro anjumani umumiy yig`ilishining rasmiy ochilishi bo`lib o`tdi. - Bo`limga qaytish


23.04.2013
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari hamda boshqa qator idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon,  Eron, Qozog‘iston, Kanada kabi o‘ndan ziyod mamlakatlardan 400 dan ziyod soha vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishdi.
Anjumanni O'zbekiston Milliy kutubxona direktor o`rinbosari Alisher Ishmatov ochib berdi. U o'z chiqishida Konferensiya maqsadi - fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta'sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish ekanligini aytib o`tdi. So`ng O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo`mitasi a`zosi, deputat Hafizaxon Karimova o'z chiqishida mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi. Bunda davlatimiz rahbarining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 23 fevralda qabul qilingan 2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmat ko‘rsatishni yanada sifatli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlariga oid Qaroriga muvofiq yurtimizda yagona integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish, bunda elektron resurslarni shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini gapirib o`tdi. 


 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo`mitasi a`zosi, Respublika axborot kutubxona markazi direktori Alisher Abduazizov, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi a`zosi Fotih Jalolov, O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a`zosi Shuhrat Qayumov o`z tabrik so`zlari bilan chiqdilar. Xalqaro anjumanda Yevroosiyo kutubxona Assambleyasi bosh direktori Galina Raykova, Germaniyaning “Ex Libris” kompaniyasi menejeri Roman Piontek, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Universiteti rektori Viktor Grishin, Eron Milliy kutubxonasi va arxivi direktori Is`hoq Salohiy Kajur va boshqalar O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar berayotgan yuksak samaralarni yuqori baholadi. Mazkur xalqaro konferensiya axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlarning turli sohalarda elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha amaliy hamda samarali hamkorlik borasidagi faoliyatini kuchaytirishga, bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga ko‘maklashishini ta'kidlashdi. 


 
Anjumanning asosiy qismida Rossiya Davlat kutubxonasi direktorining birinchi o'rinbosari, Yevroosiyo kutubxona Assambleyasining direktori Galina Anatolyevna Raykova “MDH davlatlari o`rtasida yagona axborot muhitini yaratish Yevroosiyo kutubxona Assambleyasi loyihasi” mavzusida ma'ruza qildi, o`z ma'ruzalari bilan YUNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi raisi Krista Pikkat “Kutubxonaning jamiyatdagi roli” mavzusida, Toshkentdagi Gyote institute direktori Yoxannes Dal “Islohotlar davrida O`zbekiston kutubxonachilarining malakasini oshirish ko`magi” mavzusida, Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot Universiteti rektori Viktor Ivanovich Grishin “Rossiya Federatsiyasida innovatsion turdagi iqtosodiyotni rivojlantirish uchun kadrlarni tayyorlashda axborot resurslarining roli” mavzusida, M.F.Axendzade nomli Azarbayjon Milliy kutubxonasining xalqaro aloqalar bo`yicha direktor o`rinbosari Gadjiyeva Melek xanum Mamed qizi "Ozarbayjon Milliy kutubxonasining elektron axborot resurslarining shakillanishi va rivojlanishi” mavzusida, Qozog'iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi bosh direktori birinchi o`rinbosari Janna Kakibayevna Shaymuxanbetova “Qozoqiston kutubxonalari mamlakat axborot -kutubxona muhitida” mavzusida, B.N.Yeltsin nomli Prezident kutubxonasi lingvistik va dasturiy-texnik ta`minot bo`limi boshlig`i Yuliya Gennadeevna Selivanova “Prezident kutubxonasida kutubxona, arxiv va muzey resurslarining yagona raqamli muhitga integratsiyalashning yondashuvi va prinsiplari” mavzusida, Qozog'iston Milliy kutubxonasi bosh direktori birinchi o`rinbosari Bakitjamal Ospanova “Mamalakat axborot modernizatsiyasida Qozog'iston Milliy kutubxonasining roli” mavzusida, PressDisplay/ Newspaper Direct vitse-prezidenti Igor Smirnov “XXI asrda gazeta, jurnal industriyasi va jahon kutubxonalari”, Dreksel Universiteti professor assistenti Ketrin Kollins “Jamoat kutubxonalarida Internet”, “GEOTAR- Media” nashriyot guruhi bosh direktor o`rinbosari Anton Viktorovich Molchanov “Rossiya va MDH mamlakatlari oliy o`quv yurtlarida elektron kutubxona tizimilarini joriy etish tajribasi va rivojlanish istiqbollari” mavzusida ma'ruzalar o`qidilar.


 
Darhaqiqat, bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta'lim va madaniyat rivojida turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular ishida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bu jarayonda alohida ahamiyatga ega. Xalqaro konferensiyaning birinchi ish kunida ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Axborot-kutubxona resurslarining fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalaridagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon va Eronda soha rivoji va istiqbollariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.


 
26 aprelgacha davom etadigan mazkur xalqaro anjumanning yig‘ilishlarida axborot-kutubxona faoliyatining qonunchilik va me'yoriy hujjatlar bazasi, mualliflik huquqi, intellektual mulk, fan va texnika rivojlanishida axborot-kutubxona resurslarining o‘rni va ahamiyati, dissertatsiyalardan erkin foydalanish, ta'lim sohasida axborot-kutubxona resurslari, axborot-resurs markazlarining vazifalari, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishda yagona axborot maydoni, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, biznes sohasida axborot-kutubxona resurslari kabi ko‘plab mavzularda ma'ruzalar tinglanadi. Soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish masalalari muhokama etiladi.

 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar