Foydali resurslar
2015 yil 22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida boshqird milliy-madaniy markazi qoshida tashkil etilgan “Agidel” klubining 5 yilliga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika baynalminal madaniyat markazi, rus, ukrain, yaxudiy, qozoq, tatar, ozarbayjon, turkman va tojik milliy-madaniy markazlari vakillari, tadbir mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 21 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “Dastgohli rang tasvir” kafedrasi professori Alisher Mirzoning “Kallaxonalik yigitcha” deb nomlangan romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yozuvchi va jurnalist X.Do‘stmuhammad, adabiyotshunos olim I.G‘ofurov, akademik, adabiyotshunos olim B.Nazarov, “Sharq yulduzi” jurnali U.Hamdam, f.f.d., san’atshunos T.Mahmudov, adabiyotshunos, tarixshunos olimlar, Shayhontohur tumani O‘DK ARM mutaxassislari o‘qituvchi va o‘quvchilari, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
2015 yil 20 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida t.f.d., professor Axmadali Askarovning «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda t.f.d., professor M.Is’hoqov, folklorshunos olim T.Mirzaev, tarixshunos, professor A.Ashurov, kitob hammuallifi, tarixiy obidalarni ta’mirlash bo‘ycha mutaxassis Sh.Ilhomov, adabiyotshunos olimlar, tarixshunos olimlar, soliq akademiyasi o‘qituvchi va talabalari, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolledji o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
2015 yil 18 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jahonda 1977 yildan buyon nishonlanib kelayotgan Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur bayramning maqsadi – jamiyatda odamlarning muzeylar ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirishga intilish, muzeylarning xalqimiz ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzeylardagi noyob eksponatlar orqali boy milliy madaniy merosimizga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini tarbiyalash, katta, o‘rta va kichik shaharlarda istiqomat qiluvchilarni bir kun bo‘lsa-da kundalik tashvishlardan tin oldirib muzeylarga sayohat uyushtirib, go‘zallikka oshno qilish.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqimizning boy tarixi, ma’naviy va madaniy qadriyatlari, xalq an’analari va turmushi ma’lumotlari saqlanayotgan 1200ta muzeylar bugun millionlab tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
2015 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro oila kuni to‘g‘risida qabul qigan rezolyusiyasiga ko‘ra, 1993 yildan buyon nishonlanib kelayotgan Butunjahon oila kuni munosabati bilan “Oila - muqaddas dargoh” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada mamlakat taraqqiyoti va xalqning obod turmushi garovi bo‘lmish, jamiyatning bo‘lagi, insoniy va madaniy qadriyatlar va an’analarning davomiyligini ta’minlovchi dargoh – oilaning huquqiy me’yorlarini belgilovchi, oila huquqini himoya qiluvchi va uning dahlsizligini ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Svoyo buduщee mы stroim svoimi rukami” kitoblari va oddiy o‘zbek oilasining turmush tarzi, bayramlari va xordiq damlari aks ettirilgan gazeta va jurnallar sahifalaridan olingan rasmlar haqli ravishda o‘rin olgan.
2015 yil 18 may kuni O‘zbek Milliy kutubxonasida taniqli bibliograf, badiiy merosi 100 dan ortiq bibliografik kitobga teng bo‘lgan, Vladimir Mejov tavalludining 185 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.
19-asrning 60-yillaridan boshlab V.I.Mejov 20 yil davomida Turkiston tarixi, iqtisodiyoti, geografiyasi va etnografiyasi haqida ma’lumot beruvchi manbalarni o‘rganishga va ularga bibliografik ko‘rsatkich tuzishga bag‘ishladi. U chop etilgan gazeta va jurnal materiallari, to‘plamlar va 1887 yilgacha yozilgan Turkiston o‘lkasi to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlardan tuzilgan 594 tomli «Turkiston to‘plami»ning 416 tomining va 3 tomlik bibliografik ko‘rsatkichning muallifidir.