Milliy kutubxonada Central Asia-2013 7-xalqaro konferensiyasi o`z faoliyatini boshladi -
Bo`limga qaytish
23.04.2013
Joriy yilning 22 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Central Asia 2013» 7- Xalqaro konferensiyasi qatnashchilarini ro`yxatga olish hamda yurtimizdagi yetakchi nashriyotlarning yangi adabiyotlar ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi. Unda B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi xalqaro aloqalar bo`limining menedjeri Drozdova Anastasiya, Selivanova Yuliya Gennadyevna, Rossiya Milliy kutubxonasi kartografiya bo`limi boshlig`i Kildyushevskaya Lyudmila Konstantinovna, Qozoqiston Milliy kutubxonasi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Ospanova Bakitjamal Kairbekovna, ma`muriy xo`jalik ishlari bo`yicha bosh direktor o`rinbosari Aysin Batirxan Jandosovich, bosh mutaxassis Bikov Aleksandr Yurevich, bosh ilmiy xodim Karabayev Jumart Ashimovich, M.F.Axendzade nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasi xalaqaro aloqalar bo`yicha direktor o`rinbosari Gadjiyeva Melek xanum Mamed qizi, AQSHning Indiana Universiteti professor kutubxonachisi Xabibullayev Akram, Illinoys Universiteti professori Josef Jeyms Lenkart, Dreksel Universiteti Informatika va informatsion texnologiyalar Kolledji professori Catherine Collins, Kanada Press Display/Newspaper Direct Vitse-prezidenti Smirnov Igor Vadimovich, Germaniya kutubxonalaridan Ullrich Jungling, Roman Piontek, Michael Lutgen, Reinhard Rosenau, Ukraina kutubxonasidan Sergey Dotsenko, Eron Milliy kutubxonasi direktori Isxok Salohiy Kajur va uning o`rinbosari Ali Akbar Safiypur kabi xorijiy mehmonlar tashrif buyurdilar.Tashrif buyurgan mehmonlarga kutubxona bo`ylab ekskursiya tashkil qilinib, unda kutubxona faoliyati, uning fondi, o'quv zallari, xizmatlar bilan yaqindan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Xorijiy ishtirokchilar uchun shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida shahar tarixi, undagi tarixiy me'moriy obidalar, zamonaviy inshootlar, o'quv dargohlari, dam olish va hordiq chiqarish maskanlari va boshqa ko'plab joylar bilan tanishdilar.