Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
27.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yl 27 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitob ilk bor to‘laligicha o‘zbek tiliga siyosiy fanlari doktori Fazliddin Ravshanov tomonidan tarjima qilindi.

Taqdimotda siyosatshunos olimlar, tilshunoslar, adabiyotshunos olimlar, jurnalistlar, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar asarning insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi roli, shu fazilatlarni to‘laligicha yetkazib bera olgan Fazliddin Ravshanovning tarjimonlik mahoratiga alohida urg‘u berdilar.

26.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida munozara bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 may kuni O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi “YES – your English” ingliz tili so‘zlashuv klubi a’zolarining “O‘zbekistonda ta’lim” mavzusida baxs-munozarasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zlashuv klubining doimiy qatnashchilari va shu mavzuga befarq bo‘lmagan ingliz tilida bemalol so‘zlashuvchi kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

Qatnashchilar ikki guruhga bo‘linib, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yangiliklar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, islohotlar, yutuqlar, kamchiliklar va muammolar haqida so‘z yuritdilar. Munozara davomida qatnashchilar O‘zbekistonda ta’lim sohasida shakllangan samarali modelning xorijiy ekspertlar tomonidan yuksak baholanayotganini, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etishayotganini e’tirof etdilar.

26.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini rivojlantirish va yoshlarning media savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

25.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bard qo‘shiqlari ijrochisi Gennadiy Arefev bilan musiqiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 25 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Ijod» zalida bard qo‘shiqlari ijrochisi Gennadiy Arefev bilan musiqiy uchrashuv va uning yangi musiqiy diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy kechada mualliflik  qo‘shiqlari ijrochisi, bard musiqasi, Sofya Demidova, Oleg Bardovskiy va Aleksey Kirdyanovlar she’riyati muxlislari va Gennadiy Arefevning musiqiy talanti ixlosmandlari ishtirok etdilar. 
Gennadiy Arefev Toshkentdagi “Archa” muallif ijrochilar klubi a’zosi hisoblanadi.  Uning repertuaridan A. Shiryaevesning «Romans», «Vesyolaya pesnya», «Razdume», S. Balakinning  «Osen» to‘plami, S. Demidova kabi avtorlarning she’rlariga bastalangan qo‘shiqlari joy olgan.

25.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ma’suma Ahmedovaning “Jo‘natilmagan maktub” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 25 may kuni O‘zbekiston Milliy
 kutubxonasida iste’dodli adiba Ma’suma Ahmedovaning yangi “Jo‘natilmagan maktub” deb nomlangan kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobga adibaning turli yillarda yozilgan qissa va hikoyalari kiritilgan. 
Taqdimotda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, jurnalistlar aktyorlar, adibaning ustoz va o‘ogirdlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni f.f.d., adabiyotshunos olim Baxodir Karim olib bordi. Unda shoiralar Nazira Salomova, Qutlibika Rahimboeva, shoir Chorsham Ruziev, aktrisa Dilorom Karimova, O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodimi, izlanuvchi Olim To‘labaev, yozuvchi Salomat Vafo, adibaning shogirdlari “Xurriyat” gazetasi muhbiri Akmal Jumamurodov va tarjimon Timur Tangriberganovlar kitobdagi qissa va hikoyalardan olgan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. 

22.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan seminar

2015 yil 22 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda muloqot qilishda yoshlarning media savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan galdagi seminar “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy tarmoqlarning maqsadi, vazifalari va ular haqida tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan mazkur mavzudagi suhbatni shu universitet Xalqaro jurnalistika fakulteti, Audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasi katta o‘qituvchilari f.f.n Amrillo Karimov va A’zam Dadaxonovlar  olib bordi.

Oldin   32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar