Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
08.04.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 1-5 aprel holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
101 nusxa gazeta; 8 nusxa jurnal; jami 651 bibliografik yozuv kiritildi; 254 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi matbuoti solnomasi”ning 2012 yil uchun 19 nomda jurnallardan o‘zbek tilida 359, rus tilida 107; qoraqalpoq tilida 20 jami 486 maqolalar va 82 ta kitob kiritildi.
O‘zbekiston bo‘yicha muhim sanalar, voqyealar yuzasidan har kunlik ma'lumotlarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
115 ta ISBN raqami (kattalar uchun 115 ta) 14 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 80 ta kattalar adabiyoti va 1 ta bolalar adabiyoti uchun 10 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
1 ta ISSN raqam berildi. 14 ta davriy nashrga 2013 yil uchun hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Shartnomalarga asosan 15 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.